Mahsulotning tashqi ko’rinishi.
Tayyor mahsulot ildizpoya va ildiz
bo’lakchalaridan iborat. lidizpoya 9 sm. gacha uzunlikda, yo’g’onligi 2-5
sm, qattiq, usti burishgan, g’adir-budur. Ildizining uzunligi 2-9 sm, yo’g’onligi
0,5-1 sm. Ildizpoya va ildiz ustki ko’rinishi yaltiroq, xiraroq qo’ng’ir-
kulrang, sindirib ko’rilganda ichi oq, sarg’ish yoki biroz qo’ng’irroq bo’lib,
achchiq-burish-tiruvchi mazasi, atirgul hidiga o’xshash hidi bor.
Kimyoviy tarkibi.
Ildiz tarkibida 0,50-1,29% fenol - glikozid-rodiolozid
(salidrozid) vaMolchin spirti glikozidlari, 20-25% gacha oshlovchi-moddalar,
0,9-4% efir moyi, flavonoidlar, kislotalar, -C va PP vitamin, kumarin,
marganes va boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi
: Dorivor preparati nerv sistemasi ishining funksional
buzilishida, miya va organizmning jismoniy charchashida organizm tonusini
ko’taruvchi dori sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |