Ism qoyish odatlari.
Chaqaloqqa ism qo‘yish inson
hayotidagi eng muhim voqealardan hisoblanadi. Qadimdan
bolaga ism qo‘yish mas’uliyatli ish sanalgan. Ism bola
tabiatiga mos kelmasa, undan yaxshi inson chiqmaydi yoki u
kasallikka chalinaveradi deyilgan. Chaqaloqqa ism qo‘yish
vazifasini har—kimga ham ishonilmagan. Buning uchun
maxsus marosim uyushtirilib, unga eng obro‘li dono qadyalar
taklif etilgan. Ana shu marosimga yig‘ilganlar o‘zaro
maslahatlashib, bolaga ism qo‘yishgan. Islom diniga e’tiqodi
baland kishilar mulla-eshon chaqirib, chaqaloqning qulog'iga
azon aytdirib, so‘ng unga ism qo‘ydirishgan.
Xalqda «ismi jismiga mos» degan ibora bor. Kishilar
bolaga qo‘yilgan ism ulg‘ayishi jarayonida uning odobiga
ta’sir qiladi, deyishgan. Kishining ismiga mos bo‘lishga
intilishi uning ma’naviy ulg‘ayishiga samarali ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |