O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligi


- Mavzu:Kichik guruhlar psixologiyasi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/215
Sana30.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#419193
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   215
Bog'liq
umumiy psixologiya

11- Mavzu:Kichik guruhlar psixologiyasi 
Reja: 
1.
Kichik guruh tushunchasi.
2.
Kichik guruhlar klassifikatsiyasi.
3.
Kichik guruh tuzilishi.
4.
Kichik guruhlar strukturasi va dinamik aspektlari.
5.
Ijtimoiy hayotda kichik gruppalar ahamiyati oshishini obyetiv sharoitlari.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy 


59 
tadqiqotlar o‘tkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab 
eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu 
ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa 
odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy 
asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro 
hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) 
ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ 
faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar 
amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode 
va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa Ijtimoiy psixologiya da ijtimoiy 
fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning 
yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda 
ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari 
effekt ham kuzatildi, ya’ni, boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining 
susayishi holatlari kuzatildi. Bu hodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning 
qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular 
natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga 
kelindiki, kichik guruh “diada” ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul 
qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila – yangi shakllangan oila ko‘proq nazarda tutiladi. 
Lekin samarali o‘zaro ta’sir nazarda tutilganda “(7–2” kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli 
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, ijtimoiy-psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qulay 
hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun 
qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va 
uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi. 
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar 
taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan 
bilishlari ularning o‘rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har 
qanday disbalanslar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft 
bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. Shundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni 
biror lavozimlarga saylashda, saylov kompaniyalarida nomzodlarni elektoratga taqdim etishda va 
umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. 
Beshinchidan, shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarning soniga 
bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, 
ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib 
borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish