60
referent guruhni o‘ziga namuna sifatida qabul qiladi va o‘z xulqini shu guruh normalari bilan
moslashtirishga intiladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra referent guruh salbiy va ijobiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Ijobiy
mazmunga xos referent guruh tashkilot maqsadiga muvofiq ishlaydi va undagi jarayonlar umumiy
maqsadga bo‘ysungan bo‘ladi. Salbiy mazmun kasb etgan referent guruhdagi
norma va xulq-atvor
shakllari jamoa manfaatiga zid bo‘lishi va tashkilot maqsadi bilan mos kelmasligi mumkin. Masalan, bu
manzara mehnat jamoasidagi ba’zi xodimlar to‘dasining muntazam ravishda tartibbuzarlikka yo‘l
qo‘yishi yoki asosiy ish vaqtida o‘z faoliyatini boshqa yo‘nalishga baѓishlashida ko‘rinadi.
Odatda har bir jamoada bir necha referent guruhlar uchrashi tabiiy. Rahbar bunday vaqtda ushbu
guruhning salbiy yoki ijobiy mazmunga yo‘nalganini darhol ajratib olishi va shu asosda ularga nisbatan
o‘z munosabatini bildirishi lozim. Ijobiy yo‘nalishga ega bo‘lgan referent guruhni qo‘llash bilan birga
asta-sekin undagi a’zolar sonining ko‘payishi haqida ѓamxo‘rlik qilish kerak. Salbiy yo‘nalishdagi
guruhga nisbatan tanlangan asosiy siyosat esa, ushbu guruh a’zolariga topshiriladigan vazifalar asnosida
iloji boricha ularni bir-biridan uzoqlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Yuqorida sanab o‘tilganlar qatorida rasmiy va norasmiy guruhlar ham mavjud. Rasmiy guruh
biron maqsadga erishish yo‘lida tashkil topadi. Masalan, brigada, bo‘lim, ma’muriyat
kabi rasmiy
mehnat jamoalari... Odatda mazkur guruhlarning faoliyati ma’lum bir maqsadga yo‘nalgan ravishda
boshqariladi. Bunday guruhning tashkil topishi huquqiy jihatdan rasmiylashtirilib qo‘yiladi.
Norasmiy guruhlar tasodifan paydo bo‘ladi va bu holat u yoki bu
korxona ichida yuz berishi
mumkin. Norasmiy guruh tashkil topishining manbaalari shu guruh a’zolariga xos umumiy manfaat va
o‘zaro iliq munosabatlarning mavjudligida ko‘rinadi. Norasmiy guruh korxona rasmiy tizimidan
mustaqilligi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining noaniqligi bilan ifodalanadi. Bunday guruhni ba’zan
manfaatlar bo‘yicha birlashish desa ham bo‘ladi.
Tashkilot miqyosida, dadil ayta olamizki, yuqorida sanab o‘tilgan guruh turlarining hamma ko‘rinishi
mavjud. Guruh o‘z a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va guruhiy normalarga
rioya qilishga sharoit
yaratadi, qolaversa, ijtimoiy nazorat olib boradi. Jamoa tarkibida xodim korxona maqsadlarini to‘laroq
anglaydi va umumiy mas’uliyatga beixtiyor sherik bo‘ladi. Jamoa a’zolari bilan hamkorlikda harakat
qilgan holda, u yakka tartibdagi intilishga nisbatan ko‘proq samaraga erishadi.
Tarixan kichik guruhlarni
Do'stlaringiz bilan baham: