Qurilishlar biotopi.
Mazkur biotop jarlik va o„rmonlik qoyalarni eslatadi.
Bu biotopga bir qavatli qurilishlar, hovli devorlari, hozirgi zamon ko„p qavatli
imoratlar, zavod- fabrikalarning binolari, ko„prik va boshqalar kiradi. Ularning har
biri o„zining maxsus ekologik xususiyatiga ega. Bir qavatli uylarning piramonlari
va devorlarning kavaklari kaltakesaklar, ilonlar, kemiruvchi hayvonlar hamda
qushlarga pana va uya qurish uchun qulay joy hisoblanadi.
Ko„p qavatli uylarning karnizlari va minoralari chumchuqlar, mayna, jar
qaldirg„och, musicha hamda kaptarlarning dam olish va uya qurish joylariga
aylangan. Ko„p qavatli uylar massivlarida jar qaldirg„och, mayna va kaptarlarning
populyasiya soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |