FARG‘ONA SHAHRINING EKOLOGIK SHAROITI
Vodiymizning boshqa shaharlari singari Farg„ona shahrining madaniy
landshaftlari tuzilishi jihatidan alohida o„rin tutadi. Shahar landshafti
hayvonlarning yashashi uchun o„ziga xos alohida muhit, ularning qismlarini ba‟zi
tabiiy biotoplarga solishtirish mumkin xolos. Hech qachon ularga tenglashtirib
bo„lmaydi.
Shahar landshaftlarini biotoplar yig„indisi desa, maqsadga muvofiq bo„ladi.
Ularning har bir qismi kelib chiqishi jihatidan turlicha tabiatga ega.
Shaharning ekologik tuzilishini quyidagi to„rtta biotopga ajratish mumkin:
madaniy qurilishlar, daraxt va butasimon o„simliklar, o„tsimon o„simliklar biotopi
va suv havzalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |