Fanidan 3-курс талабалари учун tuzuvchilar



Download 494,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana29.01.2022
Hajmi494,77 Kb.
#418783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
tasviriy sanat umumiy tarixi

Tayanch tushunchalar.
Karkas (frans. - skelet, asos) - binoning asosi sinchi 
Mengirlar - ibtidoiy tuzumga mansub arxeologik yodgorliklar, yakka va halqa yoki 
«alleyalar» bo„lib joylashgan yirik toshlar. 
Savollar: 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari haqida so„zlang. 
2. O„zbekiston hududidagi ibtidoiy jamoa davri yodgorliklarini bilasizmi? 
 
 
3-MA’RUZA 
MAVZU: QADIMGI SHARQDAGI QULDORLIK DAVLATLARI SAN’ATI.
Qadimgi SHarq xalqlari va davlatlari san‟atining o„ziga xos xususiyatlari. 
REJA: 
1. Qadimgi SHarq tushunchasi, uning geografik va davriy chegarasi. 
2. Qadimgi SHarqda quldorlik davlatlarining yuzaga kelishi. 
Adabiyotlar:
1. Abdullaev N.U. «San‟at tarixi» Tom-1 T., «O„qituvchi»
1986 y. 
2. «Vseobhaya istoriya isskustv» Tom-2 M., «Isskustvo»
1958 (34-47)
MAVZUNING MATNI: 
Qadimgi dunyo san‟ati. 
Qadimgi dunyo san‟ati tarixi er yuzida quldorlik formatsiyasining paydo bo„lishi, 
rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi davridagi san‟atni o„rganadi va tahlil qiladi. 
Quldorlik formatsiyasining maydonga kelishi tarixiy zarurat bo„lib, avvalgi 
formatsiyaga nisbatan progressiv ahamiyatga ega edi. U ishlab chiqarish kuch va 
madaniyatining keyingi taraqqiyotini belgiladi. Qullarni ekspluatatsiya qilish aqliy 
mehnatni jismoniy mehnatdan ajratib yubordi. 
Bu esa, o„z navbatida inson ma‟naviy dunyosining rivojlanishiga, jumladan, san‟atning 
ravnaqiga zamin yaratdi. Agar sinfsiz jamiyat davrida san‟at insonning kundalik hayoti, 
ishlab chiqarish faoliyati bilan bog„liq bo„lgan bo„lsa, endilikda u ijtimoiy ongning 
ajralmas qismiga aylandi va sinfiy kurash ijtimoiy hayotda muhim o„rin tuta boshladi. 
Ijtimoiy hayotning murakkablashishi san‟atni obrazli bilish asosida kengaytirdi. Bu davrda 
san‟at taraqqiyoti bevosita din, mifologik tushunchalar zamirida rivojlanishini davom 
ettirgan bo„lsa ham, lekin birmuncha tantanali ruh ola boshladi. 
San‟atda voqelikni obrazli bilish tomonlari kuchaydi. Uning tur va janrlari 
kengaydi. Bu davrda san‟atda sintez masalasining hal etilishi esa insoniyatning qo„lga 
kiritgan buyuk yutuqlaridan bo„ldi. Qadimgi dunyo san‟atining yana bir muhim tomoni 
shu bo„ldiki, unda milliy o„ziga xos tomonlar yaqqol ko„zga tashlana bordi. Katta-katta 
madaniyat markazlari vujudga keldi. Ularning san‟atlari bir-biridan ko„rinishi, xarakteri
voqeligini obrazli ifoda etishi bilan ajralib turadi. 


Qadimgi SHarq san‟ati. 
Qadimgi SHarq iborasi shartli bo„lib, odatda qadimgi Grek-Rim davlatlaridan 
SHarqda va Janubda joylashgan geografik mintaqa nazarda tutiladi. SHimoli-SHarqiy 
Afrikada Tunisdan (bu erda qadimgi Karfagen davlati mavjud bo„lgan) to YAponiyagacha 
cho„zilgan O„abashistondan (Efiopiya) Kavkaz tog„larigacha, Orol dengizining janubiy 
qirg„oqlaridan Xindiston, Xitoy, Indoneziya, Koreya erlarigacha o„z ichiga qamrab olgan 
bu katta maydonda qadim paytlarda bir qancha yirik quldorlik davlatlari mavjud bo„lgan. 
Ular jahon san‟ati tarixi taraqqiyotiga katta hissa qo„shdilar. Qadimgi Misr podsholigi, Old 
Osiyodagi SHumer, Akkad, Bobil (Vaviloniya), Ossuriya, Urartu, Xett davlatlari, Eron 
imperiyasi, O„rta Osiyo, Xindiston, Xitoy va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi davlat va 
podsholiklar jahon madaniyati tarixida o„chmas iz qoldirdilar. Qadimgi SHarq xalqlari 
san‟ati va madaniyati tarixi katta davrni o„z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi 5000-4000 
yillardayoq bu erlarda sinfiy jamiyat yangi eraning boshlarigacha davom etdi. 
Qadimgi SHarqda san‟at uzoq vaqt hunarmandchilikning bir qismi sifatida 
qolaverdi. Ishlangan asarlarning texnik tomoniga alohida e‟tibor berish sezilarli darajada 
bo„ldi. SHarq san‟atining realizmi ham o„ziga xos xususiyatga ega. U ko„pincha voqelik, 
kishilar va tushunchalarni fantastik obrazlarda, ramziy va shartli belgilarda tantanali, 
ulug„vor qilib ifodalaydi. Albatta, SHarq san‟atida hayot ko„rinishini hayotiy shakllarda, 
tub mohiyati bilan aks ettiruvchi asarlar borligini inkor etib bo„lmaydi, (masalan, Misr va 
Old Osiyo portretlari) lekin bu umumtaraqqiyot fonida ma‟lum davrning yorqin yulduzlari 
yoki bosqichi sifatida paydo bo„lib, yana so„nadi. 

Download 494,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish