san‟atkorlarning asosiy mavzusidir. Bu davrda san‟atning mavzusi kengaydi, uning yangi
tur va janrlari maydonga keldi. Bu tarixiy sobiq inqilob janridir.
Bu janrning mazmuni
bevosita sho„rolar inqilobi, fuqarolar urushi yillari bilan bog„liqdir. Rassom va
haykaltaroshlar bu janrga murojaat qilar ekanlar, dastlar xalqning ulug„vorligi va qudratini
ochib berishga harakat qildilar. Bu davr ajoyib ustalarni etkazib berdi. Bular ichida
rassomlardan Isak Izrailevich Brodskiy edi. U bir nechta yirik monumental asarlar yaratdi.
Bulardan tashqari shu davrning yirik rassomlaridan G.G.Ryajskiy, B.V.Ioganson,
K.S.Malevich, A.V.Lentulov, A.A.Deyneka, A.A.Plastov, M.Serov, A.Samoxvalov kabi
rassomlar yashab ijod qilganlar. Inqilob mavzusidan tashqari
manzara janri ham katta
yutuqlarga erishdi. Manzara janrida ishlagan rassomlardan biri bu A.A.Rilov edi. Uning
asarlari go„zal va ulug„vor. U asarlarini davr kishilari ruhi bilan to„ldirishga harakat qiladi.
Oktyabr to„ntarilishi va fuqarolar urushini aks ettiruvchi asarlar, insonlarning mardligi va
jasoratiga bag„ishlangan polotnolar ham o„sha davr tarixida faxrli o„rinni egallaydi. Bu
mavzudagi asarlar o„zining ishlanishi va uslubining rang-barangligi bilan ajralib turadi.
A.A.Deynekaning “Petrograd mudofaasi” deb nomlangan polotnosi 1928 yil yaratilgan.
M.B.Grekovning “Budyoniy otryadiga”, N.M.SHuxminning “Maydonga chiqish haqida
buyruq” G.K.Savitskiyning “Eski armiyaning 1918 yil stixiyali qaytishi” K.S.Petrov-
Vodkinning “Komissarning o„limi”, 1919 y. “Trevoga”, I.D.SHadrning “Tosh-proletariat
quroli” kabi asarlarida sobiq inqilob va fuqarolar urushi yillaridagi kishilarning kayfiyati
o„zining badiiy ifodasini topgan.
SHu bilan birga kishilarning dushmanga bo„lgan nafrati, o„z yurti va xalqiga
bo„lgan chuqur muhabbati san‟atkorlarning II jahon urushi
mavzusidagi ishlangan
asarlarida o„zining badiiy ifodasini topdi. A.Deynekaning “Sevastopol mudofaasi” (1943),
S.A.Gerasimovning “Tartizanning onasi” (1942), F.D.Favoyrskiyning “O„limdan kuchli”
(1951), I.Toidzening “Ona Vatan da‟vati” (1941) asarlari shular qatoridandir.
Bu davrda maishiy janr ham yangi mazmun kasb etdi. Bu mavzuda yaratilgan
asarlarda shu davr kishilarining kundalik turmushi, mehnati, yoshlarning tarbiyasi aks
ettirildi.
N.B.Terpsixorovning
“Birinchi
shoir”,
E.M.CHepsovning
“Qishloq
yacheykasining majlisi”deb nomlangan suratlarda kechagi
dehqonning bugungi kunda
jamiyat ishlarida faol ishtirok etayotganini sodda, lekin ishonarli talqin etiladi. Maishiy
janr taraqqiyoti,jamiyt taraqqiyoti bilan uzviy bog„liq holda rivojlanadi.
II jahon urushi
yillari o„sha davr kishilari uchun haqiqiy sinov yillari bo„ldi. Bu yillarda ularning front
ortidagi qahramonligi, rassomlarning maishiy mavzusidagi asarlarida o„z ifodasini topdi.
Bu janrning keng rivojlanishiurushdan keyingi yillarga to„g„ri keldi. Bu yillarda u etakchi
janr qatoridan o„rin olib, xalq hayotining hamma tomonlarini qamrab oluo„chi san‟at
darajasiga ko„tarildi. Rassomlar asarlarida tinch mehnat, farovon xayotgo„zalligini
kuyladilar. Insonlar orasidagi mehribonlik,
olijanoblik, do„stlik kabi fazilatlarni
ulug„ladilar. Bu davr san‟atida yoshlar hayotiga bag„ishlangan juda ko„p asarlar ham
yaratilgan. Bu asarlarda sobiq sovet yoshlarining san‟atga, ma‟rifatga qiziqishi tarannum
etiladi. Bolalar hayotiga bag„ishlangan asarlar ham yaratildi. F.P.Reshetnikov tomonidan
yaratilgan “YAna ikki oldingmi?”, “Kanikulga qaytdi” kabi asarlarida bolalarga xos
bo„lgan xislatlar ishonarli talqin etiladi.
Savollar:
1. XX asr. Sobiq sovet san‟atining xarakterli tomoni nimada?
2. Bu davrda qanday janrlar vujudga keldi?
3. Qanday rassom va haykaltaroshlar yashab ijod qildilar?
4. Bu davrda maishiy janr qanday mazmun kasb etdi, uning avvalgi davr san‟atidan
farqi nimada?
5. Portret va manzara janrlarida sodir bo„lgan o„zgarishlarni aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: