Ekspert tizimlari.
Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bo'lgan ma’lumotlarni tahlil
qilish va foydalanuvchilarning so'rovlariga ko'ra, tavsiyalar berishga mo'ljallangan.
Bunday
tizimlarni
boshlang‘ich
ma’lumotlar
yaxshi
shakllanayotgan
(formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish uchun keng miqyosdagi maxsus bilimlar
talab qilingan hollarda qo'llaniladi. Ekspert tizimlari ishlatiladigan o'ziga xos sohalarga
huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik va kimyo kiradi. Kasallik belgilarini yig‘indisiga
ko'ra, ekspert tizimlarda tashxis qo'yish, dori-darmonlar, ularning dozasi (miqdori)ni va
davolash kursining dasturini belgilashga yordam beradi. Voqea belgilarining yig‘indisiga
ko'ra, huquqiy tizimlar unga huquqiy baho berish, ayblovchi tomonda bo'lganidek,
himoya tomonda ham harakat qilish tartibini taklif qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |