Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
. Ma’lumotlar bazasi deb jadval
tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to'plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:
•
ma’lumotlar bazasini bo'sh (to'latilmagan) tuzilmasini yaratish;
•
uni to'ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar
importini taqdim etish;
•
ma’lumotlarga yo'llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash,
shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko'pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil qilish
va ularga ishlov berish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada, ma’lumotlar
asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. Tarmoq
texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida joylashgan
uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lish ham
talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |