Matn protsessorlari.
Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi
shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni
shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy
vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni
formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy
usuli ikkita muqobil yondashuvni ko'zda tutadi. Bular: qog‘oz va elektron hujjatlar bilan
(qog‘ozsiz texnologiya bo'yicha) ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |