(
tractus vestibulospinalis
)
dir. Bu yo‗l vestibulyar apparat o‗zaklarini orqa
miyaning oldingi shoxlari bilan bog‗lab, muvozanat buzilganida tananing tiklanish reaktsiyalarini
boshqaradi. Bu yo‗lning birinchi neyroni dahliz chig‗anoq nervining lateral (Deyters o‗zagi) va
pastki vestibulyar o‗zaklari hujayralari. Ularning aksonlari kesishmasdan qisman orqa miyaning
yon tizimchasidan, qisman oldingi tizimchasidan o‗tib, oldingi shoxning harakatlantiruvchi
o‗zaklarida tugaydi. II neyron oldingi shoxni harakatlantiruvchi hujayra aksonlari oldingi ildiz
tarkibida mushaklarga boradi. Vestibulospinal yo‗l ko‗zni harakatlantiruvchi nerv o‗zagi bilan
bog‗langan bo‗lib, u orqali ko‗z harakatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Uning jarohatlanishi bosh aylanish,
ko‗ngil aynishi, qusish, vestibulyar ataksiya va nistagmga olib keladi.
Tekto-spinal yo‗l
Do'stlaringiz bilan baham: |