(corpus striatum) ikkita yirik: dumli va yasmiqsimon o‗zaklardan iborat bo‗lib,
miya kesmalarida oq va kulrang hoshiyalar ko‗rinishida bo‗ladi.
Dumli o‗zak
(nucleus caudatus) yasmiqsimon o‗zakdan yuqoriroq va ichki tomonda
joylashib, undan ichki xaltaning oldingi oyoqchasi vositasida ajrab turadi. O‗zakning oldingi qismi
kengaygan bo‗lib, boshchasi
(caput nuclei caudati) deyiladi. U yon qorinchaning oldingi shoxini
tashqi devorini hosil qiladi. O‗zakning orqa toraygan qismi - dumi
(cauda nuclei caudati) pastga
qarab burilib, yon qorinchaning pastki shoxini ustki devorini hosil qilib, bodomsimon tanagacha
290
yetib boradi. Dumli o‗zak ichki tomondan ko‗ruv bo‗rtig‗idan
stria terminalis bilan chegaralanib
turadi. O‗zakning o‗rta qismi-tanasi