(corpus nuclei caudati)
tepa bo‗lagi ostida yon qorinchaning
markaziy qismini pastki devorini hosil qiladi. Oldingi tomonda dumli o‗zakning boshi yasmiqsimon
o‗zak qobig‗i bilan birikadi. Orqa tomonda bu o‗zaklar o‗zaro ichki kapsulaning oq tolalari
vositasida qo‗shiladi va targ‗il tanani hosil qiladi.
Yasmiqsimon o‗zak
(nucleus lentiformis)
dumli o‗zak va ko‗ruv bo‗rtig‗idan tashqarida
joylashib, ulardan ichki kapsula vositasida ajralib turadi. Yasmiqsimon o‗zak bir-biriga paralel
yo‗nalgan oq qatlam yordamida uch bo‗lakka bo‗linadi. Bu bo‗laklarning tashqisi to‗q kulrang
bo‗lib, qobiq
(putamen)
deb ataladi. Ichkarida joylashgan rangsizroq ikki qismi rangpar shar
Do'stlaringiz bilan baham: |