Boldir fenomeni.
Bemor qorniga yotqizilgan holda bolder sohasi songa tekkaziladi,
normada bolder yana oldingi holatiga qaytadi, akinetiko-rigid sindromida esa usha holda
qotib qoladi. Xuddi shunday harakatlar tovonda ham bajariladi.
10.
Til fenomeni.
Bemorga ko‘zlari yopilgan holda til chiqarib turilishi so‘raladi. Xoreik
giperkinezda bemor tilini 15 soniyadan ortiq og‘zidan tashqarida ushlab tura olmaydi.
Pallidar tizim zararlanishida:
1.
Ekstrapiramid gipertonik-rigid sindrom, ―tishli g‘ildirak‖ simptomi.
2.
Gipokineziya, oligokineziya, bradikineziya.
3.
Bosh, qo‘l, tananing bukilgan holda bo‘lishi.
4.
Yurishdagi o‘zgarish. Kichik qadamlar bilan sekin harakatlanish, propulsiya,
retropulsiya, lateropulsiya.
5.
Gipomimiya, amimiya.
6.
Nutq, monoton, past tonda, bo‘giq.
7.
Mutanosib harakatlarning buzilishi.
8.
Tinch holatdagi tremor- qaltirash. Harakatlanganda kamayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |