1-mavzu: "O‘zbekiston tarixi" fanini o‘qitish metodikasi



Download 304,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana29.01.2022
Hajmi304,13 Kb.
#418037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

 
1.
O`zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim 
o’tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz tarixiy manbalari, arxeologik 
qazilmalari, xalq og’zaki ijodi namunalari orqali umumjahon tsivilizatsiyasi 
beshiklaridan biri bo’lganligini butun olam tan olmoqda. O`zbekiston tarixi 
umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki yurtimizda 
sodir bo’lgan tarixiy voqealar u yoki bu darajada o’zga xalqlar va davlatlarga ta’sir 
qilgan.
O`zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, 
mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik 
jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga 
integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan 
xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, 
tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
Tarixiy haqiqat to’la ro’yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix 
fanining predmeti va obyektini to’g’ri belgilanishi o’ta muhim ahamiyatga ega. 
Chunki O`zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va 
obyekt masalasi asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Zero, fan uning o’rganish 
predmeti va obyekti aniq bo’lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo’lib, maqsadga 
erishish mushkul bo’ladi.
O`zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan farqli o’laroq 
mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o’z o’rni va mavqeyiga 



ega. U barcha fanlar tarixini ham o’z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta 
ta’sir etadi. Bu uning o’rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to’la 
namoyon bo’lmog’i kerak. Tarix fani o’z xususiyatiga ko’ra, 
birinchidan,
o’zining 
butun diqqat e’tiborini faqat o’tmishga qaratadi, undansaboq beradi, xulosa 
chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-
madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o’rganadi. 
Ikkinchidan,
O`zbekiston 
tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng 
foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-
xronologik asosda o’rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va 
dallilarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit 
va sharoitlarda tarixan voqe bo’lganligi aniqlanadi. Bo’lib o’tgan voqelik 
ko’lamining aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-
tamoyillari va holati aniqlanadi. 
Uchinchidan,
O`zbekiston tarixi fani o’tmishdagi 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotningahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda 
oqibatlarini o’rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa, 
kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo’ladi. 
To’rtinchidan,
O`zbekiston tarixi fani 
ko’p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va 
inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini 
uzviy o’zaro bog’liqlikda, bir butunlikda o’rganadi. O`zbekiston tarixi fani, 
O`zbekistonning o’tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to 
hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va 
tanazzulini tahlil qiladi. Uning o’rganish 
predmetiga
esa, mana shu makondagi 
jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik 
hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning 
yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O`zbekiston tarixi fanining o’rganish 

Download 304,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish