1-mavzu: "O‘zbekiston tarixi" fanini o‘qitish metodikasi



Download 304,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana29.01.2022
Hajmi304,13 Kb.
#418037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

makoni-
obyekti
O`zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan O`zbekiston 
tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo’nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki 
chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda 
yaqin tushuncha bo’lsa-da ular tarix fanida tutgan o’rni va vazifasi bilan 
farqlanadi.
Obyekt
aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi 
voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi.
Predmet
esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. O`zbekiston tarixi fani fan sifatida 
ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo’lib, inson va millat, o’z o’tmishini bilishi, 
o’zligini o’zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal 
hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham 
emas, jamiyat, insoniyat va tabiatning o’tmishini o’rganuvchi boshqa soha fanlari 
ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular 
jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham 
avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix fanining o’rganish 
obyekti va predmeti hisoblanadi.



O`zbekiston tarixi fani yakka holda rivojlanmaydi. U ijtimoiy-gumanitar 
fanlar bilan doimo o’zaro aloqada turadi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va 
jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda falsafa, 
davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy 
hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy 
mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari 
yutuqlaridan 
foydalaniladi. 
Tarixshunoslik, 
manbashunoslik, 
arxeologiya, 
arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab yetishga 
ko’maklashadi.
Bugungi kunda O`zbekiston tarixining ko’plab mavzulari bo’yicha ilmiy 
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday bo’lsa-da, ushbu fanining dolzarb 
muammolari, qaytadan ko’rib chiqishi va o’rganilishi lozim bo’lgan masalalari 
ham mavjuddir. Jumladan, o’zbek xalqining kelib chiqishi va shakllanish 
bosqichlari; Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan 
aholi, ularning joylashuvi va ijtimoiy aloqalari; bu aholining qo’shni qabilalar va 
elatlar bilan o’zaro turli munosabatlari kabi masalalarni bunga misol qilish 
mumkin.
Shu bilan birga dastlabki o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi va 
rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholi o’troq 
yashaganligi 
dehqonchilik 
xo’jaligini 
rivojlantirganligi, 
dastlabki 
aholi 
manzilgohlarining paydo bo’lganligi; dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk 
shaharlarga aylanganligi; dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va 
ma’muriy markazlar sifatida rivojlanganligi va nihoyat, mazkur jarayonlarga asos 
bo’lgan xizmat qilgan omillar o’ta muhimdir.
Arxeologik manbalar asosida o’lkamiz hududida qadimdan vujudga kelgan ilk 
davlat uyushmalari tarixi, ularning o’zaro va qo’shni davlatlar bilan olib borgan 
turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralari o’rganish ham 
munozarali mavzu hisoblanadi. Shu o’rinda yurtimiz hududlari va xorijda bitilgan 
o’rta asrlarga oid yozma manbalar asosida O`zbekiston tarixi sahifalarini yanada 
kengaytirish va boyitish bo’yicha qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p.
2.
Mustaqillik sharofati bilan O`zbekiston tarixi fanini o’rganish davlat 
siyosati darajasiga ko’tarildi. Shu o’rinda O`zbekiston Respublikasining birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, 
o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», «Tarix xalq 
ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» , «O’zlikni anglash 
tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo’lish-hayotdan judo 
bo’lish demakdir» kabi so’zlari ham nazariy, ham metodologik ahamiyatga egadir
.
Islom Karimov o’tmishni o’rganishda tarixiy taxlilni ilmiy jihatdan xolisona 
va xalol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirmoqda. Bu vazifani amalga 
oshirish O`zbekiston tarixi fanini o’rganishning ilmiy va uslubiy asoslariga 
tayanishni talab etadi. Bunday yondashish zaminida dialektik metodni qo’llash 
yotadi. Dialektika (yunoncha-dialektike-rivojlanish to’g’risidagi falsafiy ta’limot) 
olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va 
o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb ta’lim 



beradi. Bu degani olamda sodir bo’lgan hodisalar, voqealar ma’lum bir 
bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyot jarayonida sodir bo’lishini 
inobatga olmoq lozim. Demak, O`zbekiston tarixini o’rganar ekanmiz, uning jahon 
tarixining bir bo’lagi ekanligini yodda tutmoq darkor. Negaki, har bir xalq tarixi 
milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat 
taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir.
Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holislik-
haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Prezidentimiz Islom 
Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida aytib o’tganidek, 
«Tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l 
o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va 
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix 
bo’ladi».
 
Holislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan 
bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga 
olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy 
hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor. 
O`zbekiston tarixini o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga 
ega. Tarixiylik tamoyili o’sha davr shart-sharoitlarini, tarixiy muhitni inobatga 
olmoqni taqozo qiladi. Voqea-hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy 
rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy 
sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy 
bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik 
qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai 
nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy 
sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni 
bosib o’tdi?, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, Hozir qay ahvolda, qanday 
bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi. 
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini 
yagona tabiiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon 
kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana Shunday 
umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod 
tarix fani orqali o’z o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz 
tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz 
mazmunini, buyukligini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri 
tasavvur etamiz. Shuningdek, hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik 
faoliyatini to’g’ri idrok etishga, o’tmishni, tariximizni chuqur anglashga 
ko’maklashadi. 
Tarixni o’rganish faktlarni taqqoslash, mantiqiy qiyosiy xulosalar chiqarish va 
umuman falsafiy tafakkur bilan yondashishni talab qiladi va o’tmishimizni teran 
anglashda asosiy mezon bo’lib qoladi. Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi 
rivojiga bog’liq bo’lganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil 
topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog’liq. Bu holdagi uzviy ikki 
tomonlama bog’liqlik umumiy qonuniyatdir. Mana shu o’zaro aloqadorlik 



qonuniyati, qadim mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon tamadduniga, 
tsivilizatsiyasiga asoslanib, O`zbekiston tarixi fani metodologiyasi ikki qismdan 
iborat:

Download 304,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish