1-mavzu: "O‘zbekiston tarixi" fanini o‘qitish metodikasi


Hozirgi paytda Markaziy Osiyo hududida ibtidoiy jamiyatning rivojlanish  bosqichlari quyidagi davrlarga bo‘linadi



Download 304,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana29.01.2022
Hajmi304,13 Kb.
#418037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

5.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo hududida ibtidoiy jamiyatning rivojlanish 
bosqichlari quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
 


10 
1.
Paleolit (“palayos”-qadimgi, “litos”-tosh) davri; bundan taxminan 1 
million yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; o‘z navbatida bu davr 
uchga bo‘linadi;
a) ilk paleolit-(Ashel’) davri, 1 million - 100 - ming yillikni o‘z ichiga oladi;
b) o‘rta paleolit-(Muste) davri, mil. avv. 100-40 - ming yilliklar;
v) so‘nggi paleolit-mil. avv. 40-12 - ming yilliklar; 
2. Mezolit (“mezos”-o‘rta, “litos”-tosh) miloddan avvalgi 12-7 - ming 
yilliklar.
3. Neolit (“neos”-yangi, “litos” tosh) miloddan avvalgi 6-4 - ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 - ming yillikning oxiri 3 - 
ming yillikning boshi.
5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 - ming yilliklar.
6. Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan.
O`zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari 
Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Buxorodagi 
Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo‘pol qurollar 
(chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo‘lib ov qilish balan shug‘ullangan. Ilk 
paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi 
odamlardan tubdan farq qilgan. Ular tabiat oldida ojiz bo‘lib, faqat tayyor 
mahsulotlarni o‘zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na 
Chorvachilikni bilganlar. 
Yaqin yillargacha O`zbekiston hududida odamlar bundan 100 ming yillar 
ilgari yashay boshlagan deb hisoblanardi.Biroq o‘tgan asrning 80-yillarida 
arxeolog olim U.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi 
Selengur (So‘x tumani) g‘oridan poleolit davriga oid ajdodlarimiz yashagan joyni 
topgach, fikrlar o‘zgardi. 
Ilk paleolit davriga oid Selungurda 13 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu 
yerdagi topilmalarning yoshi 1 mln. yildan ziyodroq. Bu yerdan topilgan odam jag‘ 
va yelka suyaklari, tishlari xududimizda “fergantrop” deb nomlangan odamlar 
yashaganligi va O`zbekiston haqiqiqatdan ham insoniyat sivilizatsiyasi 
o‘choqlaridan biri ekanligini isbotladi. Toshkent viloyatidagi Obirahmat, 
Samarqand viloyatidagi qo‘tirbuloq makonlari ham paleolit davriga oid bo‘lib, 
ularning birinchisidan 21 ta, ikkinchisidan 5 ta madaniy qatlam topib o‘rganilgan. 
Bu joylarda ko‘plab tosh qurollardan tashqari fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon, echki, 
to‘ng‘iz, jayron, arxar kabi xayvon suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir qoldiqlari ham 
topilgan. Bu inson uzoq vaqtlar davomida mazkur makonlarda yashaganligidan 
dalolat beradi. 
O‘rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo‘jakent, 
Samarqanddagi Omonqo‘ton, Boysun tog‘laridagi Teshiktosh kabi bir qator 
makonlarda aniqlangan bo‘lib, ulardan shu davrga oid ko‘pgina turli toshlardan 
yasalgan mehnat qurollari topilgan. Shuningdek bu davrga oid manzilgohlar 
Farg‘ona, Buxoro, Navoiy viloyatlarining 50 ga yaqin joylarida topilgan. 
Obirahmat makoni yoysimon shaklda bo‘lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta 
madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir 


11 
uchli sixchalar, qirg‘ichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlarning suyaklari 
ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
1
O‘rta paleolit (muste) davriga oid eng katta yodgorlik 1938 yilda 
A.Okladnikov tomonidan ochilgan Surxandaryoning Boysun tog‘idagi Teshiktosh 
g‘oridir. Bu g‘or-makonning kengligi 20 metr, balandligi 9 metr, chuqurligi 21 
metr bo‘lib 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Bu yerda 3 mingga yaqin tosh qurollar 
turli xayvonlar suyaklari topildi. Eng muhimi bu g‘ordan 9-11 yoshli bolaning 
skeleti topilganligi bo‘ldi. U neandertal tipidagi odam vakili edi. 
O‘rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari 
takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlaydi. Eng muhimi, 
ibtidoiy to‘dadan Urug‘chilik jamoasiga o‘tish boshlanadi. Shimoldan ulkan 
muzlik siljib kelishi va hamma yoqda sovuq kuchayishi sababli olov kashf etiladi. 
Odamlar o‘choqlar atroflarida to‘planib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. 
Jamoa bo‘lib ov qilish paydo bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rta paleolit davriga kelib 
qadimgi odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala bordi. Bunga mintaqa 
tabiiy iqlimining o‘ziga xosligi ham ta’sir ko‘rsatgan 
So‘nggi paleolit qadimgi tosh davrining so‘nggi bosqichidir. Bu davrga oid 
makonlar Ohangarondagi qo‘lbuloq, Toshkentning g‘arbidagi Bo‘zsuv 1 hamda 
Samarqand atroflaridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg‘ichlar, 
kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib 
odamlar faqat tog‘li hududlarda emas, tekisliklarda ham yashay boshlaydilar. Bu 
davrning eng katta yutug‘i urug‘chilik tuzumi (matriarxat)ga o‘tilishidir. 
Shunday qilib, paleolit davrida ibtidoiy odamlar xo‘jalik yuritishning eng 
oddiy yo‘llaridan (termachilikdan) murakkabroq ko‘rinishlariga (ovchilik, 
baliqchilik) ga o‘tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o‘zlashtirildi. 
Insoniyat ibtidoiy to‘da davridan urug‘chilik tuzumiga o‘tdi. Mehnat qurollari 
takomillashib, turlari ko‘paya bordi, dastlabki diniy qarashlar paydo bo‘ldi. 
Demak, inson tarixining eng uzoq davom etgan bosqichi bo‘lmish qadimgi tosh 
davrida odamning shakllanish jarayoni asosan yakun topadi. Keyingi tosh 
davrlarida turli irqlar shakllanligi ma’lum. Olimlar, xususan uch irq–evropid, 
negroid va mongoloid irqlari shakllanligini ta’kidlaydilar 
O`zbekiston hududida mezolit davriga oid Machay (Surxondaryo), Obishir 
(Farg‘ona vadiysi), Bo‘zsuv, qo‘shilish (Toshkent) kabi manzilgohlar topib 
o‘rganildi.Bu davrda qurollar turi ko‘paydi. Suyak va yog‘ochdan dastachalar 
paydo bo‘ldi. Masalan: Machay g‘oridan bigiz, igna pichoq, keskich, ushatgich, 
nayza, o‘q uchlari, shuningdek, 20 turdan ziyod hayvon suyaklari topildi.. Bu 
davrga kelib muzlik yana Shimolga qaytadi. Hayvonot va o‘simlik dunyosida katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslamani - 
o‘q-yoyni kashf etdi. Bu davrning oxirlarida ibtidoiy to‘da o‘rnida ibtidoiy jamoa–
urug‘chilik tuzumi vujudga kela boshlaydi. Dastlab urug‘chilik jamoalaridagi 
qarindoshlik ona tomonidan bo‘lgan. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotning bu 
bosqichini olimlar matriarxat deb atadi. Ona urug‘i keyingi tosh davrlarida ham 
1
Historyof civilizations of Central Asia. Volume I. / The dawn of civilization: earliest times too 700 B.C. / 
UNESCO. 1992. P. 45. 


12 
hukmronlik qilgan. Farg‘onaning Obishir soyidan, Toshkentning Bo‘zsuv 
yoqasidan, Surxondaryoning Machay qishlog‘idan va boshqa joylardan mezolit 
davriga oid manzilgohlar topilgan. Bu davrda bir qancha jonivorlar (it, sigir, qo‘y, 
echki) xonakilashtiriladi, diniy e’tiqodlar vujudga keladi, tasviriy san’at paydo 
bo‘la boshlaydi. Xususan, Surxondaryoning Zaraut soyida bundan taxminan 14–15 
ming yil avval yaratilgan qoyatosh suratlar buning isbotidir. 
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq 
qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik bilan band bo‘lgan.
Neolit davrida qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo va daryo irmoqlari yoqasida, 
ko‘llar bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlarga qarab, baliqchilik va ovchilik yoki 
dehqonchilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Neolit 
davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ularni olovda pishirishni, ya’ni 
kulolchilikni, shuningdek ip yigiruv asosida to‘qimachilikni kashf etdilar. Xatto 
yog‘och yoki qamishdan qayiq yasab suvda suzishni o‘zlashtirdilar. Demak, bu 
davr paleolit, mezolit davrlariga nisbatan yuksak taraqqiyot davri edi. 
Neolit davri qabilalari orasida qay tariqa xo‘jalik yuritilishiga qarab quyidagi 
madaniyatlar tarkib topgan: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor 
madaniyati.

Download 304,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish