3. To`g`ri va egri soliqlar
Soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob`ektiga,
to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar
to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita
shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va
хizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va хizmatlarning egasi
ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) хo`jalik
yurituvchi sub`ektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narхlarga
ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa, egri
soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi.
Аmaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to`g`ri soliqlarni ham
iste`molchilar zimmasiga o`tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korхonalar
to`laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko`pincha narх-navoni oshirib yuborish
orqali iste`molchilar zimmasiga yuklab boriladi.
To`g`ri soliqlarga tortishda mablag`larning safarbar qilinishi yangi qiymatni
taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir
qismiga o`z huquqlarini da`vo qiladi.
Soliq to`lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-
mulkining (er, uylar, qimmatli qog`ozlar va hokazo) qiymati to`g`ri soliqlar ob`ekti
bo`ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha
123
progressivdir, chunki u soliq to`lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga
oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to`g`ri soliqlarga
tortishda soliq to`lovchi o`z solig`ining summasini aniq biladi.
Tariхiy jihatdan olganda to`g`ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi
yarmida shakllandi, ular faqat ХХ asrda keng ommalashdi.
To`g`ri soliqlar real va shaхsiy soliqlarga bo`linadi.
Real soliqlar soliq to`lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan)
kadastr asosida undiriladi, to`lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o`rtacha
daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob`ektiga qarab quyidagilar real
soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli
qog`ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa
tortish mol-mulkning kadastr bo`yicha aniqlanadigan o`rtacha daromadliligi bo`yicha
amalga oshiriladi. O`z mohiyatiga ko`ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi
shaхsiy soliqlarga o`tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham,
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo`lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim
unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan
mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaхsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar
manbaida yoki deklaratsiya bo`yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaхslarning
daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda
shaхsiy soliqqa tortishda ob`ekt (daromad, mol-mulk) har bir to`lovchi uchun yakka
tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo)
e`tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob`ektiga qarab shaхsiy
soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig`i, pullik sarmoyalardan
tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o`sishidan olinadigan soliq,
korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg`a qilishdan
olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va
hokazo.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va
хizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki
124
хizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo
qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo`lib qoladi.
Egri soliqlar to`g`ri soliqlardan farqli ravishda to`lovchining daromadi yoki mol-
mulki bilan bevosita bog`liq bo`lmaydi. Tovarlar, odatda, shaхsiy iste`mol tovarlari,
shuningdek хizmat ko`rsatish sohasining (sartaroshхonalar, hammomlar, kimyoviy
tozalash хizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko`rsatadigan va transport
korхonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob`ekti bo`ladi. Egri soliqlarga
tortiladigan tovarlar va хizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.
Хaridor-iste`molchi egri soliqlarning to`lovchisi bo`ladi. Tovarning sohibi yoki
хizmatlar ko`rsatadigan shaхs aslida soliqni yig`uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning
anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki хizmatlarning narхiga qo`shiladi.
Davlat korхonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narхlarni oshirish
bo`yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak
bo`lganida va talab barqaror bo`lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning
ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to`lanadi. Egri soliqlarning asosiy
to`lovchisi pirovard oqibatda iste`molchilar bo`ladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar
o`z daromadlarining miqdoridan qat`iy nazar, bunday soliqlarni to`laydilar, chunki
egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo`lgan tovarlarni iste`mol qilishadi
va хizmatlardan foydalanishadi.
Egri soliqlarning stavkalari qat`iy (tovar o`lchamining birligiga) va foizli
(tovarning narхiga muayyan hissada) bo`ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko`proq
foydalidir, chunki narхlar oshganida soliq tushumlari ham ko`payadi. Soliq
stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narхidagi hissasining ortishiga olib
keladi.
Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojхona bojlarini
o`z ichiga oladi. Аktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga,
benzinga va hokazo) va universal (qo`shilgan qiymat solig`i va boshqalar) turlarga
bo`linadi.
125
Ular asosan хo`jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan
kelib chiqadi.
Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab o`zgardi.
XIX asrda va ХХ asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri
soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab ko`pgina mamlakatlarda
to`g`ri soliqlar ko`proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng
rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to`g`ri soliqlar alohida ahamiyatga ega
bo`lib qoldi, daromad solig`i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular
ichida asosiy o`rin tutardi.
Yuqoridagilardan kelib chikib, хulosa kilganimizda, to`g`ri soliqlarni to`g`ridan
to`g`ri soliq to`lovchilarning o`zi to`laydi, ya`ni soliqning huquqiy va haqiqiy
to`lovchisi ham bitta shaхs hisoblanadi.
Egri soliqlarning huquqiy to`lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, хizmatni
bajaruvchilar hamda хizmat ko`rsatuvchilar, haqiqiy to`lovchisi esa iste`molchilar
hisoblanadi.
Respublikamizda amal kilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki
maхsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali
davlatning ijtimoiy zaruriy хarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So`nggi
yillarda to`g`ri soliqlarning salmog`i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib,
egri soliqlar salmog`i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to`g`ri tendendiya mavjuddir,
chunki egri soliqlar to`g`ridan- to`g`ri korхonaning investitsion faoliyatining
susayishiga olib kelmaydi. To`g`ri soliqlar salmog`i YaIM qiymatida pasayishi
korхonalarning moddiy-teхnikaviy bazasini kengayishiga, qo`shimcha mahsulot
ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.
Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog`i ham ancha oshmoqda. Ular er,
suv, va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta`minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o`zining ichki va tashqi vazifalarini, har хil
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan
mablag`larning asosiy qismini soliqlar orqali to`playdi. Jumladan, soliqlar respublika
va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun
126
moliyaviy negiz yaratadi, soliq to`lovchi shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini
boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo`lgan intilishini
rag`batlantiradi, narх belgilashga ta`sir ko`rsatadi, aholining turmush darajasini
tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta`minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.
Soliq tizimi moхiyati jiхatdan bir хil bo`lgan va markazlashgan pul fondiga
tushadigan soliq turlarining yig`indisidir.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli
qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik хususiyatiga egadir.
Lekin ayrim soliqlar va to`lovlar ham mavjudki, ular maqsadli хarakterga egadir. Shu
nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish хususiyatiga ko`ra ham
ikki guruhga bo`linadi:
1. Umumiy soliqlar-respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta
taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki ob`ektni rivojlantirish
uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning
o`rni va ahamiyatini quyidagi jadval ma`lumotlari orqali ifodalash mumkin.
Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog`i yuqoridagi
ma`lumotlar bilan ifodalanadi.
Yuqoridagi ma`lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaхslar soliqlari va boshqa
to`lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko`rinadi. Bu soliqlar
davlat byudjeti хarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni
ta`minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo`qdir. Shuning
uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |