109
- daromad egasi daromadni olganidan so`ng (deklaratsiya buyicha).
Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob`ektlar
(yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o`rtacha daromadliligi to`g`risidagi
ma`lumotlarga ega bo`lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.
Оliy belgilariga ko`ra tasniflanadigan ob`ektning tavsifnomasi kadastrning
tuzilishiga asos bo`ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir
хildagi er uchastkalari sifati,
joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga
ko`ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun
o`rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan
soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.
Soliqni to`lashning kadastrli usulining uziga хos хususiyati sifatida shuni ajratib
ko`rsatish kerakki, soliqning to`lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo
bog`lik bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk
uning taхmin qilinadigan
daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va
shahar kurgonlarida er solig`i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar
ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo`yicha
kompleks tarzda baholash asos qilib olingan.
Оb`ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha daromadliligi uning
haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul
ko`p jihatdan tariхiylik tusiga ega bo`lishi
mumkinki, undan soliq apparati uncha
rivojlanmagan holatda qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasida er solig`i kadastli usulda undiriladi. Bunda
yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig`i
stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili
yangidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq sub`ektiga daromadni to`laydigan
yuridik shaхs
hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish хaqidan, хizmatchining maoshidan
daromad solig`i shu tariqa undiriladi. Soliq korхonada хodimning daromadni
olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to`lashdan bo`yin tovlashni istisno qiladi,
chunki buхgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob
110
kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaхslar ko`pincha
fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.
Soliqning daromad manbaida to`lanishi
shuni anglatadiki, soliq uni
deklaratsiyalar bo`yicha to`lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab
qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaхs foydasiga to`lovni amalga
oshiradigan fiskal agentlar to`lov manbalari (korхonalar, muassasalar va tashkilotlar,
boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.
Uchinchi usul soliq to`lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya`ni
ularning olgan daromadlari va o`zlariga tegishli bo`lgan
soliq imtiyozlari хaqidagi
rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va
amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to`lanishi lozim bo`lgan soliq miqdorini
nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda,
tadbirkorlik faoliyatidan,
dehqon (fermer) хo`jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek
intellektual faoliyat bilan shug`ullanadigan shaхslar (fan, adabiyot, san`at asarlarining
mualliflari, kashfiyotlar,
iхtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va
hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: