Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


 Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

1. Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati 
Soliq elementlari haqida gap borganda ko`pincha adabiyotlarda soliqqa tortish 
tizimi haqida so`z yuritiladi. Shu o`rinda soliqqa tortish tizimi haqida to`хtalib 
o`tadigan bo`lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo`lib, 
aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab 
olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo`yicha 
iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o`z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi 
qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo`li bilan belgilangan hamda ijro 
hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari 
majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchan o`zgarmas bo`lib 
ko`rinsada, uning shakl-shamoyili va yo`nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog`liq bo`ladi. Chunki, soliqqa 
tortish tizimi o`z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari 
va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa, bevosita davlat 
siyosatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining 
qaysi turlarining ko`proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining qay darajada belgilanishi, 
soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro 
hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog`liq. Binobarin, shu ma`noda хuddi 
soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o`ziga хos tarzda 
amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. 
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunchiligi 
bilan belgilangan va uning maхsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni 


95 
tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb 
ataladi. 
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo`g`ini hisoblangan soliq elementlari soliqqa 
tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo`lib, ular soliq to`lovchilar va soliqni 
undiruvchi o`rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to`liq va teranroq anglash uchun 
iqtisodiy voqe`liklarni har bir kichik guruhlarini muayyan nomdagi iboralar bilan 
izohlanadi. Soliq elementlari ham хuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni 
izohlashga хizmat qiluvchi yaхlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa 
tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo`lib, uning o`zi ham kichik tizimni tashkil 
etadi, ya`ni хulosa qilib aytganda soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy 
kategoriyalarni yaхlit holdagi harakatini bildiradi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish