O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turizm yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Turizm yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi 
jiddiy siyosatdan
iborat.
Bugungi kunda jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning 
ko‗plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. 1995–1997-yillar 
mobaynida sayohat qiluvchilar sonining barqaror o‗sish tendensiyasi 
yiliga o‗rtacha 4 foizga kuzatilib, 2008-yildan jahondagi moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz sababli bu sohadagi faollikning kamayganligi qayd 
qilindi. Turizm sohasi ko‗pgina mamlakatlarda shiddat bilan 
rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‗i hisob-
lanadi. Butunjahon turizm tashkilotining (BTT) baholashiga ko‗ra, 
turizm xizmatlari rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar 
turist 20 ming AQSH dollar atrofida mablag‗ sarflaydi, ya‘ni har bir 
turist tomonidan bir kunda shaharga 200 AQSH dollari miqdorida 
foyda kelishi mumkin.
Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‗lgan 
bir necha tarmoqlarning ham rivojlanishiga sabab bo‗ladi. Bundan 
tashqari, turizmning rivojlanishi yana bir katta muammo bo‗lgan 
ishsizlikni, ya‘ni bandlik muammosini ham hal qilishga yordam 
beradi. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, mamlakatga tashrif buyurgan 
har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga 
bog‗liq bo‗lgan xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi 
joylarining ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mahalliy 
mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta‘sir qilib, jumladan, 
qishloq xo‗jalik, mahalliy sanoat va milliy hunarmandchilik mahsu-
lotlarini sotishga yordam beradi.


42 
Turizm ko‗pgina mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarkibiy 
qismi bo‗lib, u mahalliy aholi bandligini, mehmonxonalarni to‗l-
dirish, restoran, tomosha tadbirlari, chet el valyutasining kelib tu-
shishini ta‘minlaydi. Turizmning ichki iqtisodiy tabiati turist tashrif 
buyurgan mamlakatda o‗z mablag‗ini albatta sarflab ketishini 
taqozo etadi. Turizm mahalliy turistik resurslar ekspluatatsiyasiga 
asoslanadi va buning evaziga shu mintaqa yoki mamlakat foyda 
olishi kerak bo‗ladi.
 
Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning 
oxiriga borib shakllangan bo‗lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal 
sur‘atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivoj-
lanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida «XX asr 
fenomeni» nomini oldi.
 
Hozirgi paytda turizm milliy iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liq 
bo‗lgan, maqsadi insonlarning bo‗sh vaqtida dam olishi va sayohat 
qilishining turli xillariga hamda mavjud bo‗lgan turistik resurslardan 
samarali tarzda foydalanishga, tobora o‗sib borayotgan ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan faoliyatni ta‘minlovchi korxona va tarmoq-
larning majmuini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida ko‗ril-
moqda. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish