O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
3.2. Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar 
 
Sayohat va turizm 
(travel and tourism)
– bir-biri bilan bog‗liq 
tushuncha bo‗lib, ular inson hayot faoliyatining ma‘lum bir tarzini 
ifodalaydi. Bu – dam olish, ko‗ngil ochish, sport, atrof-muhitni ang-
lash, savdo, fan, da‘volanish va boshqa ko‗plab jihatlarni qamrab 
oladi. Biroq bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan 
ajratib turuvchi o‗ziga xos harakat – insonning vaqtinchalik boshqa 
joyga, mamlakatga, qit‘aga borishi, uning doimiy yashash joyidan 
uzoqlashishi nazarda tutiladi.
Sayohatlar ayrim shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad 
va qiziqishga ega bo‗lgan shaxslar tomonidan ekspeditsiyalar, 
jumladan, ilmiy ekspeditsiyalar tuzilgan holda amalga oshirilib, ular 
tarkibiga yuzlab va hattoki minglab mutaxassislar, diplomatlar, 
migrantlar va ko‗chib yuruvchilar ham kiradi. Dengiz, havo va 
boshqa transport vositalari ekipajlari oylab o‗z uylarida bo‗lmay-


43 
dilar, shu tariqa ular uchun sayohat turmush tarzi, kunlik ish 
faoliyati bo‗lib hisoblanadi. 
Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat‘i nazar, 
zamon va makonda ko‗chib yurishni anglatadi hamda sayohat-
chilarning turmush tarzi bo‗lib xizmat qiladi. 
Ko‗p asrlik tarixdan ma‘lumki, insonga savdoni rivojlantirish, 
yangi yerlarni ochish va o‗zlashtirish, resurslar va yangi transport 
yo‗llarini izlab topish maqsadida jahon bo‗ylab sayohat qilish xos 
bo‗lgan. Sivilizatsiyamizning rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik 
katta bo‗lmay, besh ming yilga yaqin davr bilan belgilanadi, biroq 
bizgacha faqat yaqin o‗tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va 
tasvirlargina saqlanib qolgan. O‗tmishdan bizga yangi qit‘a va 
yerlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o‗ziga xos geografik 
tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari ma‘lum.
Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‗rib chiqishda 
ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta‘minotiga to‗xtalib 
o‗tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma‘lum bir 
maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi 
va h.k.) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va 
xususiy jamg‗armalar tomonidan moliyalashtiriladi. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish