O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm. Gastronomik turistlarning tarkibi



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

15.1.1-rasm. Gastronomik turistlarning tarkibi.
Gastroturlar ikki turga bo‗linadi: qishloq («yashil» deb nom-
lanuvchi) va shahar gastroturlariga bo‗linadi. Buning o‗ziga xos 
farqi shundaki, qishloq joyiga sayohatga chiqayotgan turist ekologik 
toza mahsulotni tatib ko‗rishga yo‗naltirilgan. Masalan: «yashil» 
turlarda o‗rmonlarda o‗sib turgan yovvoyi mevalarni yig‗ish, dala-
larda o‗sib yotgan meva va sabzavotlarni yig‗ish, ruxsat berilgan 
joylarda ov va vino ishlab chiqarish yo‗llari bo‗ylab sayohatni taklif 
qiladi.
Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik 
kolbasa sexi, shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda 
tayyorlanadigan tansiq taom sexi mahsulotlari bilan tanishtiriladi. 
Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli xil taomlari va 
bir xil taomni turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan ham aynan 
shu gastroturlar tanishtiradi. Bu juda ham mashhur bo‗lgan fransuz 
va bolgar vinolari turi bo‗lib, sayyohlarni uzum ishkomlari bo‗ylab 
sayohatga, uzum yig‗ishga va vinolar tatib ko‗rish (degustatsi-
yasi)ga chorlaydi.
Gastroturistlar
Odatiy turizmdan o‗zgachasini istovchilar 
O‗zining ovqatlanish ratsioniga o‗zgartirish kiritmoqchi 
bo‗lganlar 
Gurmanlar (mazali taom istovchilar) 
Ish faoliyati taomni tayyorlash va uni iste‘mol qilish bilan 
bog‗liq bo‗lganlar 
O‗zining shaxsiy gastroturini tashkil etishga qiziqqan 
turistik korxonalar vakillari 


255 
Gollandiya, Shveytsariya va Italiyaga pishloqli turlarda 
sayohatchilar pishloqlarni eng sara navini tatib ko‗rishi va pishloqli 
yarmarkalarga tashrif buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya, 
Chexiya, Belgiya bo‗ylab pivo turlarida bu ichimlik ishqibozlariga 
pivoning turli xilligidan tashqari, pivo tayyorlanish xonalari, mash-
hur pivo barlari va festivallarga tashrifi bilan ham ajralib turadi. 
Shuni ta‘kidlash joizki, har bir davlatni o‗ziga xos gastroturizm 
salohiyati mavjuddir. 
Zero, har bir davlatning o‗ziga xos milliy oshxonasi va unda 
boshqa bir mamlakatda takrorlanmaydigan, asrlar osha saqlanib 
kelayotgan, o‗zining takrorlanmas mehmondo‗stligi va milliy taom-
lari bo‗lgan oshxonasi mavjuddir. Masalan, Yaponiyada turistlar 
gid-boshlovchi yordamida ularning milliy taomi bo‗lgan «sushi»ni 
tayyorlash uchun mahsulotlar xarid qilishadi va turistlar ko‗z oldida 
mashhur bosh oshpazlar (shef-povarlar) tomonidan «sushi» tayyor-
lanadi. Pasta Italiya sarhadlaridan chiqib kelgan juda ham oddiy 
taom bo‗lib ko‗ringani bilan, kulinar sayohatda turist bu taomni turli 
xilligi, uning takrorlanmas ta‘mi va bir xil retseptda turli xil 
oshpazlar tomonidan tayyorlangan pastaning mo‗‘jizaviy ta‘mi bilan 
tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi. 
O‗zbekistonda ham turbiznesning bu yo‗nalishi bo‗yicha 
afzalliklarini tushunayotgan turfirmalar soni tobora ko‗paymoqda. 
Bizda asosan «yashil gastroturizm» keng rivojlanadi, chunki O‗z-
bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-ok-
tabrda «Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillash-
tirish va xodimlar malakasini oshirish bo‗yicha» Qarori
60
ga asosan 
O‗zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san‘ati 
xalqaro Markazi tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati 
kengaytirildi hamda mustahkamlandi. Uzoq tarixga ega an‘ana-
larning borligi va milliy taomlarning turli-tumanligi o‗zbek 
oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda keng ommalashishiga olib 
kelishi ushbu hujjatda o‗z aksini topgan. Buning uchun bizda 
mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini 
tetik qiladigan milliy taomlarimiz degustatsiyasini tashkil qilish 
60
"Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarining kasbiy 
darajasini oshirish chora- tadbirlari to‗g‗risida" O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-
yildagi 289-sonli Qarori.


256 
lozim bo‗lmoqda. Bunda antiqa milliy taomlarimiz orqali gastro-
nomiya turizmini qishloq turizmi bilan bog‗lash imkoniyati yara-
tilmoqda. Darhaqiqat, viloyatlarda joylashgan qishloqlarda faqat shu 
joyga xos bo‗lgan milliy taomlar mavjud bo‗lib, uning mazasi va 
tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Aynan shu 
jihati bilan bunday taomlar xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun 
ham mazali hisoblanadi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish