11.3.
Gid-ekskursiyachiga qo„yiladigan talablar
Hozirgi zamon turizm sohasida gidlarning o‗rni beqiyosdir.
Ayniqsa, xorijiy fuqarolar bilan ishlaganda gid o‗z davlatining
vakili sifatida uni taqdim etadi. Gid marshrut davomida mehmon-
larni kutib olishda o‗zini tutishi, do‗stona munosabati, hurmat bilan
qarashi, ularda ushbu davlat va umuman jamiyat haqidagi tasav-
vurini shakllantiradi.
11.3.1-rasm.
Gid-ekskursavodlik jarayoni.
Gid nafaqat sayohat tashkil etuvchi turfirma vakili, balki o‗z
davlati salohiyatini reklama qiluvchi, mehmonlarga yangi ma‘lu-
motlarni beruvchi va ma‘lum harakatlarni (xarid qilish, odamlar
193
bilan muloqot qilish, raqs tushishni o‗rgatish va sh.k.) amalga
oshirishga yordam beruvchi shaxs hamdir. U koordinator sifatida
barcha tadbirlar (ekskursiya – konsert – dam olish – ekskursiya) va
xizmatlar (militsiya – apteka – aloqa – transport) zanjirini bog‗laydi.
Baxtsiz hodisa ro‗y berganda, gid birinchi tibbiy yordam
ko‗rsatishni bilishi, turist (ekskursant) va mahalliy aholi o‗rtasida
nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda tinchlik hakami bo‗lishi, ekskur-
siya xizmati jarayonida esa notiq sifatida turistlar (ekskursantlar)
diqqatini jalb qila olishi, eng asosiysi, tashkilotchi sifatida o‗z
atrofida odamlarni jamlashtira olishi lozim. Tashkilotchilik
qobiliyati bo‗lmagan gidning guruhi tarqalib, sayohat grafigidan
chiqib ketishi, tadbirlarga (konsert, tushlik) kech qolishi va natijada
butun bir rejalashtirilgan marshruti buzilishi mumkin. Shuning
uchun, gid nafaqat xizmat ko‗rsatuvchi, balki sayohat jarayonini
boshqaruvchi menejer ham hisoblanadi. U turistlar (ekskursantlar)
istak - xohishini o‗rgangan holda tadbirlar taktikasi va rejasini
ishlab chiqadi. Turistlar istak va xohishlarini o‗rganishda ikkita
muhim elementni ajratish kerak bo‗ladi:
tashrif hududini turistlar (ekskursantlar) tomonidan o‗rga-
nish jarayoni;
butun bir rejalashtirilgan dasturni samarali va mas‘uliyatli
boshqarish.
Turist sayohat, ekskursiya jarayonida uni har jihatdan mas‘u-
liyatli, bilimli, ma‘lumotlarni to‗g‗ri yetkazadigan, mushkul vaziyat-
larni hal eta oladigan mutaxassis hamrohlik qiladi, deb ishonadi.
Gid taqdim etayotgan hududining, obyektning flora va faunasi,
tarixiy voqealari haqida maksimal axborotga ega bo‗lishi kerak.
Gid o‗z ishini boshlashidan avval qatnashuvchilar tarkibi,
segmentini inobatga olsa, o‗z harakatlari dasturini tuzishi osonla-
shadi. Faoliyati yo‗nalishlariga qarab gidlar har xil turlarga
bo‗linadi
43
:
Tarixiy joylar va yodgorliklar bo„yicha gidlar
. Turistlar
(ekskursantlar) qiziqishini uyg‗otuvchi me‘moriy, madaniy
obyektlar, qadimiy harobalar, inshootlar saqlanib qolgan shaharlarda
faoliyat ko‗rsatuvchi gidlar. O‗zbekistonning Samarqand, Xiva,
43
Тухлиев И.С., Амриддинова Р.С. ―Организация экскурсионного обслуживания‖. Учебное
пособие. –С., 2011.
194
Buxoro, Qo‗qon, Shahrisabz kabi shaharlarida ushbu yo‗nalishlarda
gidlar ekskursantlarni qiziqarli obyektlarga olib boradilar.
Bu toifadagi gidlar:
mintaqa tarixi, mahalliy aholi urf-odati, yashash tarzini
bilishi;
bino yoki inshootlarning bunyod etilishi tarixi, uning o‗ziga
xosligi, me‘moriy uslubi va ornament uslubi haqida ma‘lumotlarga
ega bo‗lishi;
dalillarga tayanishi va ularni obyektlar bilan bog‗lashi;
turistlar (ekskursantlar) qiziqishini uyg‗otuvchi rivoyat va
tarixiy ma‘lumotlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Aniq isbotlarga ega bo‗lmasdan tarixiy voqealarni buzish yoki
haddan ziyod foydalanish noto‗g‗ridir. Jarayon shunday yo‗lga
qo‗yilishi kerakki, gid barcha rejalashtirilgan asosiy obyektlarni
ko‗rsatib hikoya qilishi, dasturga rioya qilishi zarur.
Muzeylar bo„yicha gidlar.
Bu toifadagi gidlar tor mutaxassis-
ligi bilan farqlanadi. Ular odatda, bitta muzey haqida to‗liq ma‘lu-
motga ega bo‗ladilar (masalan, kartinalar, liboslar, milliy taomlar va
shu kabilar). Turistlar (ekskursantlar) ma‘lumotlarni oson qabul
qilib olishi uchun gid ularni segmentlarga ajratadi va imkon qadar
har birining axborotga bo‗lgan talabini ham hajman va ham
mazmunan qondirishga, bilimlarini yangilab borishga harakat qiladi.
Maxsus turlar bo„yicha gidlar
boshqa gidlardan tanishtiri-
layotgan sohaning mutaxassisi ekanligi bilan farqlanadi. Ko‗pincha
ular o‗z hamkasblari yoki shu sohaga qiziquvchilar bilan ishlaydi
(ornitologiya, botanika, etnografiya, gastronomiya va sh. k.). Max-
sus tur gidlari o‗z sohasi bo‗yicha keng axborotga ega bo‗lib,
mustaqil tadqiqotlar o‗tkazib, noyob ma‘lumotlar topib, sohaning
ustasiga aylanganlar.
Maxsus tur gidlari o‗z ishini tashkil etishda (tabiat parklari,
qo‗riqxonalarda) quyidagilarni inobatga olishi maqsadlidir:
obyektni ko‗rsatishni ma‘lum vaqt bilan chegaralanganligini
inobatga olishi;
u yoki bu zonalarga kirish imkoniyatining mavjudligi;
flora va fauna haqidagi ma‘lumotlarga ekskursantlar ehti-
yojining borligi;
195
ekskursantlarning o‗zini tutish qoidalari, shaxsiy xavfsiz-
likka rioya qilishi va sh.k.
11.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |