O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Mazmuniga ko„ra
ekskursiyalar ko‗p rejali va mavzuli bo‗ladi. 
Ko‗p rejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma‘lumotlardan 
foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil obyektlarni ko‗rsatish 
negizida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va 
inshootlar, tabiat obyektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, 
sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalari va shu k.). 
Ko‗p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, 
o‗lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. 
Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo 
bo‗lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida 
ma‘lumotlar beriladi. 
Ko‗p rejali ekskursiyalar o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, 
mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash 
murakkabroq. Tayyorlash va o‗tkazish joyidan qat‘i nazar, ular 
tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‗xshashdir. Ularning har birida 
bir necha mavzuostilar mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning 
qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta‘limi haqida). Ekskursiyada 
aniq bir shahar, viloyat, o‗lka o‗ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab 
hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda 
urushlar, qo‗zg‗olonlar bo‗lib o‗tgan Buxoro xonligidagi o‗zaro 
nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskursiyalarda 
esa yozuvchi, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‗liq shahar, 
qishloq, ko‗chalar kiritiladi. 
40
Тухлиев И.С., Амриддинова Р.С. ―Организация экскурсионного обслуживания‖. Учебное 
пособие. –С., 2011. 


186 
Mavzuli
ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‗ish-
lanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‗lsa, uning negizida yagona 
mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi. Agar bu 
me‘morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‗lsa, unda shahar, ko‗cha 
va maydonlarida joylashgan qiziqarli san‘at asarlari, o‗tgan asrlar 
me‘moriy ansambllari kiritilishi mumkin. 
Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (eko-
logik), san‘atshunoslik, adabiy, me‘moriy – shaharsozlik ekskursi-
yalariga bo‗linadi. 
O‗z mazmuniga ko‗ra, 
tarixiy
mavzudagi ekskursiya xizmatlari 
quyidagi guruhostilarga bo‗linadi: 
-
tarixiy – o„lkashunoslik
(masalan, «Samarqand shahrining 
ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va sh.k.); 
-
arxeologik
(masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa 
qadimiy shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik maj-
muasidagi tarixiy qazilmalarni ko‗rsatish); 
-
etnografik
, turli millat va elatlarning urf-odatlari haqidagi 
ekskursiya; 
-
tarixiy muzeylarda ekskursiya. 
Ishlab chiqarish
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‗linadi: 
-
tarixiy ishlab chiqarish; 
-
iqtisodiy ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); 
-
texnik ishlab chiqarish; 
-
ekskursantlarni kasbga yo„naltiruvchi.
San‟atshunoslik
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‗linadi: 
-
teatral – tarixiy
(masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», 
«A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va sh.k.); 
-
musiqiy – tarixiy
(masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir 
kunlik sayohat» va sh.k.); 
-
xalq amaliy san‟ati
(masalan, O‗zbekistondagi kulolchilar, 
zardo‗zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); 
-
madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi 
joylar; 
-
kartinalar galereyasi, ko„rgazma zallari, muzeylar, ras-
somlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. 


187 
Adabiy 
mavzudagi
 
ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi 
guruhostilarga bo‗linadi: 
-
adabiy-biografik
. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, 
dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‗tkaziladi (masalan, 
«Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon – Bobur yurti» va sh.k.). 
-
adabiy-tarixiy
, o‗zbek adabiyoti rivojlanishining ma‘lum 
davrini ochib beradi (masalan, «XX asrda Buxoro adabiyoti», 
«Adabiy Toshkent» va sh.k.). 
Me‟moriy - shaharsozlik
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari 
quyidagi guruhostilarga bo‗linadi: 
-
mazkur shaharning me‟moriy qurilishini ko„rsatuvchi eks-
kursiya; 
-
ma‟lum tarixiy davrning me‟moriy yodgorliklarini ko„r-
satuvchi ekskursiya; 
-
bitta me‟mor ijodiyoti haqida ma‟lumot beruvchi ekskursiya; 
-
zamonaviy me‟moriy namunalarni ko„rsatuvchi ekskursiya. 
Qatnashuvchilar tarkibiga ko„ra ekskursiyalar
quyidagilarga 
bo‗linadi: 
-
kattalar va bolalar uchun; 
-
mahalliy aholi va turistlar uchun; 
-
shaharliklar va qishloq aholisi uchun; 
-
guruhli va individual bo„lishi mumkin. 
O„tkazish joyiga ko„ra
: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab 
chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‗lishi mumkin. 
Harakatlanish vositasiga ko„ra
: piyoda yoki turli harakatlanish 
vositasida bo‗lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining 
afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini 
ta‘minlab, obyektlarni ko‗rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit 
yaratish mumkin. 
O„tkazilish shakliga ko„ra
ekskursiya xizmatlari quyidagicha 
bo‗lishi mumkin: 
-
ommaviy ekskursiya.
Bunday ekskursiya xizmatlari qatna-
shuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida 
gid) bitta marshrut bo‗ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday 
ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bay-
ramlarni o‗z ichiga olishi mumkin; 


188 
-
ekskursiya-sayr.
Bunday ekskursiya xizmati odatda o‗rmon-
da, daryo va dengiz bo‗ylab o‗tkaziladi, o‗rganish va dam olish 
elementlarini o‗zida mujassamlaydi; 
-
ekskursiya-konsert
. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mav-
zuga bag‗ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi; 
-
ekskursiya-spektakl
. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-
badiiy ekskursiya xizmatini o‗tkazishning shakli bo‗lib, badiiy 
adabiyotning aniq bir asari bo‗yicha tayyorlanadi va sh.k. 
To‗g‗ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar 
bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‗garaklar faoliyati uchun 
asos hisoblanadi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish