O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Kasb va mutaxassislik.
Gidlarning kasbiy mahoratini 
takomillashtirishning asosiy yo‗nalishlaridan biri mutaxassislikdir. 
Eng avvalo «kasb» va «mutaxassislik» kabi ikki tushunchaning 
mazmuni va o‗zaro aloqasini aniqlab olamiz. 
Kasb
– aniq bilim va 
ko‗nikmalar jamlanmasini talab qiluvchi mehnat faoliyati shaklidir. 
Mutaxassislik
– bir kasb zaxirasidagi faoliyat turi. Masalan: shifokor – 
bu kasb bo‗lsa, terapevt, jarroh, stomatolog – bu mutaxassislik va 
sh.k. Kasb asosiy faoliyat turi bo‗lsa, «mutaxassislik» tushunchasi 
ma‘lum kasb doirasida bilim va mahoratga erishganlik darajasini 
ko‗rsatadi, ya‘ni mutaxassis – bu biror mutaxassislikni professional 
egallagan ishchidir. 
Gidlarni tayyorlash jarayonining vazifasi – mutaxassislarni 
malakali gid qilish, ya‘ni gid kasbining zaruriy bilim va ko‗nik-
malariga ega bo‗lishi uchun har bir mutaxassisga yordam berishdir. 
Bunda ishni shunday tashkil etish kerakki, ekskursiya muassasasiga 
kelgan kishi o‗z mutaxassisligini nafaqat saqlab qolsin, shu bilan 
birga, uni takomillashtirib, ekskursiya xizmatini yaxshi tashkil etish 
uchun o‗z vazifasini mustahkamlasin.
Tarix o‗qituvchisi gid bo‗lganidan keyin tarixiy mavzuda 
ekskursiyalar o‗tkazishi maqsadga muvofiqdir. Undan tabiatshu-


191 
noslik mavzusida ekskursiya mavzusini tayyorlashni talab qilish 
noto‗g‗ri bo‗ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni mutaxassis – 
biolog, geograf tayyorlashi maqsadga mavofiq. 
Gid shaxsiyatining shakllanishi gid kasbining shakllanishi 
jarayonida yuzaga keladi. Gid shaxsiyatiga qo‗yilgan talab uning 
umumiy tamoyillar va xulq-atvor me‘yorlariga rioya qilishi, aniq 
g‗oyalarga amal qilishidir. 
Shaxsning asosiy 
fazilatlariga
quyidagilarni kiritish mumkin
:

farosatlilik – aql-idrok bilan ish tutishi; 

mas‘uliyatlilik – o‗z harakatlari natijasini tushunishi; 

shaxsiy obro‗si – o‗z huquqlarini himoya qilish bilan bog‗liq 
harakatlari; 

individuallik – shaxsiyatining o‗ziga xosligi, takrorlan-
masligi. 
Gid o‗z kasbining xususiyatidan kelib chiqqan holda faol 
hayotiy qarashlarini namoyon etishi va kunlik faoliyatida foyda-
lanishi kerak. 
Faol hayotiy qarashlar
 
– shaxsning jamiyat hayotiga qatna-
shishidir. Shaxsning hayotiy qarashlari uning jamiyat, mehnat, dav-
lat va xususiy mulkka, boshqa shaxslarga va o‗ziga bo‗lgan muno-
sabatida namoyon bo‗ladi. Shaxsning hayotiy qarashlari faolligini 
baholashda barcha jamoaviy, mehnat, g‗oyaviy – ommaviy faollik 
turlari inobatga olinadi. 
Gidni ijobiy tavsiflovchi bilimi, malakasi, ko‗nikmasi eng 
avvalo, unga topshirilgan ishni bajara olishi qobiliyatiga asoslan-
gandir. Gidlarni o‗qitish jarayonida uslubchilar ularning yangi 
ekskursiya mavzusini tayyorlashi, referat yozishi, kurslarda ma‘ruza 
o‗qishi, marshrutlarda ekskursiya o‗tkazishi, uslubiy yo‗riqlarni 
tanlashi kabi ishlarni qila olishi uchun zaruriy qobiliyatlari mavjud-
ligini inobatga olishadi. 
Gidning asosiy faoliyati ekskursiya xizmatini tayyorlash va 
o‗tkazishdir. Ekskursiya xizmati tayyorlash 3 qismga bo‗linadi
42

1)
individual matnni tayyorlash; 
2)
metodik ishlanma talablarini eslab olish; 
42
Тухлиев И.С., Амриддинова Р.С. ―Организация экскурсионного обслуживания‖. Учебное 
пособие. –С., 2011. 


192 
3)
marshrutni yodda tutish. 
Ekskursiya xizmatiga tayyorgarlik ko‗rish jarayonida gid o‗z-
o‗zini tekshirishi uchun taxminan quyidagi savollarga javob izlaydi: 
Obyekt oldida mavzuning rejalarini yoritishda hikoyani nimadan 
boshlayman? Qanday qilib ko‗rish orqali rekonstruksiyalash usulini 
yaxshiroq qo‗llashim mumkin? Gid mavzuni qay darajada o‗z-
lashtirib olganidan qat‘i nazar, u har safar tayyorgarlik ko‗radi. 
Tayyorgarlik bosqichining muvaffaqiyati gid shaxsiyatining indi-
vidual xususiyatlariga, ya‘ni zaruriy ishlarni bajarishdagi tezkorlik 
va tashkilotchilik qobiliyatiga bog‗liq. «Tayyorgarlik» tushun-
chasiga ruhiy tayyorgarlik ham kiradi. Bunda o‗z bilimiga ishonish, 
ya‘ni ekskursiya xizmatini yuqori saviyada o‗tkazishiga, ekskur-
santlar ko‗rganidan va eshitganidan mamnun, xursand bo‗lishiga 
ishonchidir. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish