O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Islom Karimov nomidagi «TOSHKENT» xalqaro aeropor-



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Islom Karimov nomidagi «TOSHKENT» xalqaro aeropor-
ti. 
Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda, O‗zbe-
kiston poytaxtining aeroporti qulay geografik o‗ringa ega, chunki 
MDH davlatlaridan Janubi-sharqiy Osiyoga, Yaqin Sharqqa, Yev-
ropaga va Amerikaga eltuvchi havo yo‗llarining kesishgan nuq-
tasida joylashgan. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha 
katta shaharlari bilan havo yo‗llari orqali bog‗langan. U Xalqaro 
fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti 
(ICAO ‒ International Civil Avia-
tion Organisation)
ning ikkinchi kategoryasiga ega bo‗lib, turli 
rusumdagi samolyotlarni qabul qiladi.
«Toshkent» xalqaro aeroporti ikkita – janubiy va shimoliy 
(ICAO II toifasi) uchish-qo‗nish maydoniga, magistral rullash 
yo‗llariga, uzoq va o‗rtacha magistral samolyotlari uchun 110 ta 
turish joylari bo‗lgan umumiy maydoni 100 gektarli perronga ega. 
Xalqaro aeroport g‗arbiy nusxadagi turli havo kemalariga 
xizmat ko‗rsatish bo‗yicha ulkan amaliy tajribaga ega. Aerovokzal 
binolarida 56 ta suyuq kristalli monitorlar o‗rnatilgan bo‗lib, ularda 
yo‗lovchilar uchun ko‗rgazmali ma‘lumotlar, shuningdek, tijorat 
reklamalari namoyish etiladi; naqd pul olish uchun bankomatlar va 
valyuta ayirboshlash shoxobchalari joylashgan. 
Aerovokzalning texnika bilan qurollanganligi ham uzoq, ham 
yaqin xorij yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatilishiga imkoniyat yaratadi. 
Yo‗lovchilarni ro‗yxatga olish bo‗yicha avtomatlashtirilgan tizim 
joriy etilgan, bu esa xizmat ko‗rsatish sifatini va madaniyatini ancha 


167 
yaxshilaydi. Hozirgi paytda ―Toshkent‖ aeroportida elektron chipta 
tizimi joriy qilingan. 
Yo‗lovchilarni O‗zbekiston hududidagi shaharlarga jo‗natish 
yangi Mahalliy havo yo‗llari (Toshkent-3) terminali orqali amalga 
oshiriladi. Bugungi kunda mahalliy havo yo‗llarining aerovokzali 
soatiga 400 ta yo‗lovchini o‗tkazish qobiliyatiga ega qulay bino 
hisoblanadi. Yo‗lovchilarni va bagajlarni ro‗yxatga olish uchun 
sakkizta ustun, dorixona, do‗kon, ma‘lumot xizmati, shaharlararo 
telefon va boshqalar mavjud. 
O‗zbekiston mehmonlariga va aholisiga xizmat ko‗rsatish uchun 
aerovokzal binosida qulay mebel bilan jihozlangan katta kutish 
zallari; tunu kun tartibida ishlovchi pasport, bojxona va chegara 
nazorati xizmatlari; ma‘lumotxonalar; bagajni tashish uchun yangi 
konveyer tizimlari; xalqaro telefon aloqasi; chipta sotib olish va 
bronlash kassalari; Duty Free do‗konlari; barlar; tez ovqatlanish, 
valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar mavjud. 
Biznes va birinchi klass yo‗lovchilariga xizmat ko‗rsatish uchun 
WIP (alohida muhim shaxslarga xizmat ko‗rsatish uchun) va CIP 
(yuqori qulaylik) zallari bor. Yo‗lovchilarning qulayliklari uchun 
ularni samolyotgacha va orqaga yetkazib qo‗yuvchi alohida, har 
jihatdan qulay avtobuslar taqdim qilinadi. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish