O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


BTT mavjud barcha xizmatlarning necha turini e‟tirof



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

 
4. BTT mavjud barcha xizmatlarning necha turini e‟tirof 
etadi? 
a) 160 turini; 
b) 12 turini; 
d) 120 turini; 


163 
e) 200 turini. 
5. Silver service xizmat turi bo„yicha bitta ofitsiantga 
nechta mehmon to„g„ri keladi? 
a) 10 ta mehmon;
 
b) 8 ta mehmon;
 
d) 5 ta mehmon;
 
e) 3 ta mehmon.
 


164 
10-mavzu. TURIZM SOHASIDA TRANSPORT 
XIZMATLARI 
Reja: 
10.1. Turizm sohasida transport xizmatlari. 
10.2. Turizm sohasida transport vositalari. 
 
10.1. Turizm sohasida transport xizmatlari 
Mustaqillik yillarida zamonaviy yo‗l-transport infratuzilmasini 
shakllantirish, dunyo bozorlariga yangi yo‗llarni ochish, chet 
mamlakatlar bilan bog‗laydigan ilg‗or transport-kommunikatsiya 
tarmoqlarini yaratish bo‗yicha ulkan ishlar qilindi. 
Turizm industriyasi ishlab chiqadigan turistik mahsulot, xizmat-
lar va tovarlarning tarkibi ancha katta va rang-barang majmuani o‗z 
ichiga qamrab oladi. Bu mahsulotdan kishilar sayohat qilishda, 
shuningdek, turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, 
o‗z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanadi. Bunda turistik 
mahsulotning asosiy tarkibiy qismiga kiruvchi transport xizmatlari 
jami xizmatlarning 27 % ini tashkil qiladi. Yo‗lovchilarni, shu jum-
ladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi: havo, 
yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun 
transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mam-
lakatning jo‗g‗rofiy o‗rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga, milliy an‘analariga, odamlarning ijtimoiy holati va 
turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi.
―O‗zbekiston havo yo‗llari» – xalq xo‗jaligi va aholini 
aviatsiya xizmati (yuk, yo‗lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) 
bilan ta‘minlovchi O‗zbekiston Respublikasi Milliy aviakompa-
niyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda O‗zbekiston Res-
publikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu 
vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aero-
portlar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o‗z-
gartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta‘minlash, 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda boshqaruv 
tizimini takomillashtirishga yo‗naltirilgan ―Respublika Fuqaro 
aviatsiyasini rivojlantirish‖ davlat dasturi amalga kirdi. O‗tkazilgan 


165 
islohotlar O‗zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, 
diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi 
sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.
«O‗zbekiston havo yo‗llari» Milliy aviakomapniyasi xalqaro 
aviatashuvlar bozorida o‗zining munosib o‗rniga ega. U o‗z faoliyati 
davomida bir necha marotaba nufuzli mukofotlar: faol ishlari uchun 
«Yevromarket – 2000» sovrini, Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jam-
g‗armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi mukofotlariga sa-
zovor bo‗ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‗rta 
Sharq davlatlari, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 
40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda milliy aviakompaniyamiz tasarrufida 11 ta xal-
qaro aeroport mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: Islom Ka-
rimov nomidagi ―Toshkent‖ xalqaro aeroporti, ―Samarqand‖ xal-
qaro aeroporti, ―Buxoro‖ xalqaro aeroporti, ―Urganch‖ xalqaro 
aeroporti, ―Navoiy‖ xalqaro aeroporti, ―Namangan‖ xalqaro aero-
porti, ―Nukus‖ xalqaro aeroporti, ―Termiz‖ xalqaro aeroporti, ―An-
dijon‖ xalqaro aeroporti, ―Farg‗ona‖ xalqaro aeroporti va ―Qarshi‖ 
xalqaro aeroporti. 
"O‗zbekiston havo yo‗llari" Milliy aviakompaniyasi avia-
yo‗lovchilarga 2018-yilning 1-yanvaridan barcha xalqaro aeroport-
larda O‗zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‗tish joy-
larida ikkita yo‗lak tizimini ("yashil" va "qizil") ishga tushirganligi 
ham mamlakatimizga xorijiy turistlarning oqimini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda, bojxona chegarasi orqali o‗tadigan 
aviayo‗lovchilar notijorat maqsadlar uchun tovarlarni deklaratsiya 
qilish shakli sifatida "yashil" yo‗lakni, bojxona amaliyotlarini o‗t-
kazish uchun esa "qizil" yo‗lakni tanlashlari mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevral, PF-
5326-sonli "O‗zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlan-
tirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‗yicha qo‗shimcha tashkiliy 
chora-tadbirlar to‗g‗risida"gi Farmoni asosida xorijiy fuqarolarning 
O‗zbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2018-
yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, 
Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya 
Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‗zbekiston 


166 
Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xo-
rijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a‘zolari uchun 
O‗zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e‘tiboran 30 
kunlik muddatga vizasiz tartib belgilandi. Shu bilan birgalikda, 
2018-yil 10-fevraldan boshlab fuqarolari uchun turizm vizalarini 
rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan 39 ta 
mamlakatlar ro‗yxati tuzildi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yo‗lovchilar oqimi logisti-
kasini anchagina yaxshilashga imkon beradi. Bojxona rasmiylash-
tiruvini umume‘tirof etilgan standartlarga muvofiq holga keltirish va 
bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish turizmni rivojlantirish 
uchun qulay sharoit yaratish va nazorat usullari samaradorligini 
oshirishga qaratilgan. 

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish