2. Mehmonlarning 40%i ertalab uyg‗otishni so‗raydi.
3. Mehmonlarning 95%i har kuni kamida 1 soat televizor ko‗-
rishadi.
4. Mehmonlar orasida biznes turistlar 40% ni, juft bo‗lib sa-
yohat qiluvchilar 43% ni, yolg‗iz erkaklar 32% ni, yolg‗iz ayollar
22% ni tashkil qiladi.
8.2. Mehmonxonalarning turlari va tasnifi
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil
funksional vazifalarni bajaradi va ularga har xil talablar qo‗yiladi.
Bunday mehmonxonalarda mijozlar bilan ishlash ular bo‗ysunuvchi
idoralar rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona xizmat-
lari ko‗rsatish qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Mazkur
mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi
O‗zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish
bo‗yicha qonun hujjatlariga zid bo‗lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |