5. Asosiy xizmatlarni aniqlang.
a) turistlar taklif qilgan xizmatlar;
b) transport, joylashtirish, ovqatlantirish, gid-ekskursiya va
ko‗ngilochar xizmatlar;
d) joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari;
e) mehmonxona xizmatlari.
129
8-mavzu. TURIZM SOHASIDA JOYLASHTIRISH
XIZMATLARI
Reja:
8.1. Turizm sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari.
8.2. Mehmonxonalarning turlari va tasnifi.
8.1. Turizm sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari
Mehmonxona xo‗jaligi insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy
formatsiyaga xos bo‗lgan, mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib
olish va xizmat ko‗rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an‘ana-
laridan kelib chiqadi. Mehmonxona xizmatlari turizm sohasining
eng muhim tarkibiy qisimlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona
biznesida ko‗rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, bu borada
mavjud xorijiy tajribani, ularning rivojlanish tendensiyasini
o‗rganish zamon talabi bo‗lib qolmoqda.
Mehmonxona – kecha-yu kunduz, uch smenada, yigirma to‗rt
soat davomida murakkab texnologik jarayonlar sodir etiladigan
korxona bo‗lib, unda taklif etiladigan xizmatlar turistlar uchun
avvalo, qulay va xavfsiz bo‗lishi kerak. Mehmonxona individual va
jamoaviy joylashtirish vositasi sifatida jihozlangan aniq nomerlar
soniga hamda kategoriyasiga qarab xizmatlar yig‗indisini taklif
qiluvchi korxona hisoblanadi.
O‗zbekistonda mehmonxona biznesining rivojlanishidagi asosiy
o‗zgarishlar sifatida mehmonxona ixtisoslashuvining chuqurlashuvi,
xalqaro mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishi, mehmonxona
biznesiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi va
ulardan samarali foydalanishning yo‗lga qo‗yilganligi kabi bir qator
omillarni keltirib o‗tish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesi bilan
shug‗ullanadigan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. So-
hani rivojlantirishga qaratilgan qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan
va bu ish hozirda ham davom ettirilmoqda. O‗zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-mart ―Toshkent shah-
rida xalqaro klassdagi 4 yulduzli mehmonxona qurilishi sama-
radorligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖
130
gi, 2002-yil 2-sentabr ―O‗zbekiston Respublikasida mehmonxona
biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Qarorlari shular jumlasidandir.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil
13-martdagi 60-sonli «Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsen-
ziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi
qabul qilingan Qarori mehmonxona biznesi bilan shug‗ullanuvchi,
ya‘ni ―mehmonxona xizmatlari ko‗rsatishni mo‗ljallayotgan oilaviy
korxonalar‖ ga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Unga
ko‗ra, ―Faqat mehmonxona xizmatlari ko‗rsatishni mo‗ljallayotgan
oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng
bo‗lgan ustav fondiga ega bo‗lishlari kerak‖
29
. Endilikda oilaviy
tadbirkorlik tipidagi mehmonxona ochish uchun hujjatlarda bel-
gilangan eng kam ish haqining o‗n baravari miqdoridan kam bo‗l-
magan ustav fondini shakllantirishi va yashab turgan uylarini
noturar joy shakliga o‗tkazmasdan mehmonxona biznesi bilan
shug‗ullanishlari mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning
2016-yil 2-dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining turizm soha-
sini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
30
Farmoni turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini yanada rag‗bat-
lantirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turizm tashkilotlariga
qo‗shimcha imtiyoz va preferensiyalar berishga imkon yaratdi.
Ushbu farmonga ko‗ra:
turizm operatorlari ular tomonidan ko‗rsatiladigan turizm
xizmatlari uchun tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy
sotishdan ozod qilinadi;
mehmonxonalar xorijiy valyutadagi tushumning faqat 25
foizini belgilangan tartibda majburiy sotadilar;
xorijiy fuqarolar tomonidan mehmonxonalar xizmatiga haq
to‗lash erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi, ular
uchun to‗lov respublikaning davlat va budjet tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno;
29
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli «Turizm faoliyatini
amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori.
30
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi ―O‗zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni
//
Xalq so‗zi, 2016-yil, 7-dekabr.
131
yuridik shaxslar kamida ―4 yulduzli‖ darajadagi mehmon-
xona va motellarni foydalanishga topshirganda, ular yuridik shaxs-
larning foyda solig‗i, yer solig‗i va mol-mulk solig‗idan, shuning-
dek, yagona soliq to‗lovidan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
Mehmondo‗stlik industriyasi – bu mintaqa yoki turistik markaz
xo‗jaligining kuchli tizimi va turizm iqtisodiyotining muhim
tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini guruhli va
yakka joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar,
motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar,
turistik qishloqlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok
etuvchi xususiy sektorni tashkil etadi.
Mehmonlarni ro‗yxatga olish, ularning kelishi va ketishini
boshqarish, mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‗rsatish mehmon-
xonaning ma‘muriy qismida amalga oshiriladi. Mehmonlar oqimi
har xil kiruvchilar, ketuvchilar, yashovchilardan iborat. Joylashtirish
xizmati asosan quyidagi ishlarni o‗z ichiga oladi:
mehmonlar hujjatlariga ko‗ra qabul qilinadi. Ma‘mur meh-
mon bilan yashash joyini (nomer toifasi, uning joylashgan o‗rni va
sh.k.ni), ko‗rsatiladigan xizmatlarni, yashash muddatini kelishib
oladi. Yashash uchun haq olinadi. Rasmiylashtirish yakunlangani-
dan keyin mehmonga nomer kartasi va kaliti beriladi;
mehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‗r-
satish, yashash muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan
boshqa nomerga o‗tkazish (zarur hollarda), yashash uchun haq olish,
mijozning xohishiga qarab unga qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatishni
o‗z ichiga oladi;
mehmonning jo‗nab ketishini rasmiylashtirish chog‗ida
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun u bilan to‗liq hisob-kitob qilinadi
(foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), mijoz nomer va kalitni
topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul
o‗tkazish yo‗li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisob-
kitob soati (12 soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma‘muriyatiga
mijozlar bilan texnik hisob-kitob qilish jarayonini soddalashtirish
imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan foydalanish imkonini
berish yo‗li bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini oshiradi.
Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborot-
hisoblash tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy
132
holda axborot-hisoblash tizimi quyidagi to‗rtta funksional qismdan
tashkil topadi:
joylarni oldindan buyurtma qilish kichik tizimlari;
xizmatga doir axborot berilishini ta‘minlash tizimlari;
navbatchi ma‘mur tizimlari;
mehmonxona ma‘muriyati tizimlari.
Turizmda axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda
keng. Joylarni oldindan buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish
bilan bir qatorda, kelayotganlar ro‗yxatga olinadi, nomer fondining
hisobi yuritiladi, mijozlar uchun hisob varaqlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |