O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Inklyuziv tur
(IT). Bu oldindan rejalashtirilgan va dam 
olishning yoki turizmning ma‘lum turi hamda turistlarning ma‘lum 
ijtimoiy guruhiga va uning yoniga yo‗naltirilgan qat‘iy xizmatlar 
to‗plamidir. Eng ko‗p tarqalgan inklyuziv turlar, deb marshrutli 
turlarni aytish mumkin. Ya‘ni bunda turistlar guruhi avtobusda bir 
nechta shaharlar va mamlakatlar bo‗ylab sayohat qiladi. Ushbu 
turning o‗ziga xos xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan 
qat‘iy bog‗langan, barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali 
bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Kruiz turlar, hobbi turlar ham inklyuziv 
turlardir. Inklyuziv turlarni sotishda xizmatlar tarkibi o‗zgarmaydi.
Turist bunday turni to‗lig‗icha sotib olishi yoki undan butunlay 
voz kechishi mumkin. Inklyuziv turlar barqaror talabga ega taniqli 
turizm va dam olish maskanlaridagi marshrutlarda tashkillashtiriladi 
va taklif etiladi. Inklyuziv turlar narxining katta qismini joylash-
tirish va ovqatlanish to‗lovlari tashkil etadi. Xalqaro (avia) havo 
transportlari assotsiatsiyasi talabiga binoan, inklyuziv turlar o‗z 
ichiga 3 tadan kam bo‗lmagan xizmatlar: aviauchish, joylashtirish, 
butun marshrut bo‗ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‗liq 
bo‗lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va h.k.). 
Bunday turlarga bo‗lgan talabning tebranishiga qaramasdan
ularni rivojlantirishning ma‘lum afzalliklari mavjud: 

umuman olganda, majmuali sayohat alohida sotib olinadigan 
xizmatlar to‗plamidan arzondir; 

narxlari oldindan ma‘lum bo‗lganligi uchun turagentlarning 
turistlarga qanday marshrutni tanlash borasida maslahat berishlari 
oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan bo‗ladi; 

o‗z mahsulotining jozibadorligini ko‗rsatish uchun ko‗proq 
imkoniyat bo‗ladi. 
Inklyuziv turlarning kamchiliklari: 

bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud 
bo‗lish ehtimoli bor; 


125 

dasturning haddan tashqari to‗yinganligi; 

bunday tur reklamasi iste‘molchilarning faqatgina bir qis-
minigina jalb qilishi mumkin. 
Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxo-
nalardagi tasdiqlanmagan o‗rinlarga kvotalarni ushlab turishi lozim. 
Sotishda turli talabnomalar bo‗lishi mumkin. Turoperator turli 
mehmonxonalarda joylashtirilgan turistlar bilan ishlashiga to‗g‗ri 
keladi. Turistlarni bir mehmonxonada joylashtirib xizmat ko‗rsatish 
ancha oson kechadi. Yuqorida aytib o‗tilganidek, turistning shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, barcha turistik sayohatlar 
individual yoki guruhli tarzda amalga oshiriladi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish