Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

SHumlyanskiy-Boumen kapsulasi
) dan boshlanadi. Bu kapsula ichida kapillyarlar 


55 
kalavasi (
Mal’pigiy koptokchasi
) bor. Kapsula devorlari orasidagi bushlikdan kanalcha 
boshlanadi. Kapsulaning ichki varagi yapalok mayda epiteliy xujayralaridan tuzilgan. 
elektron mikroskopik tadkikotlarning kursatishicha, orasi yorik bulgan bu xujayralar 
uch kavat molekulalardan tashqil topgan bazal membranada joylashgan. 
Mal’pigiy koptokchasi kapillyarlarining endoteliy xujayralarida diametri taxminan 
0,1 
mk
keladigan teshiklar bor. SHunday qilib, koptokcha kapillyarlaridagi Qon bilan 
kapsula bo`shlig`i o’rtasidagi to`siq yupqa bezal membranadan iborat. Kapsula 
bo`shligidan avvaliga buralgan siydikkanalchasi – 
birinchi tartibdagi burama-
proksimal kanalcha 
boshlanadi. Bu kanalcha pustlok va magiz kavatlari orasidagi 
chegaraga etgach torayadi va tugrilanadi. Kanalcha buyrakning magiz kavatida 
Genle 
kovuzlogini 
xosil qiladi va buyrakning pustloq qavatiga kaytadi.SHunday qilib 
Genle qovuzlogi tushuvchi, yoki proksimal qism bilan kutariluvchi, yoki distal 
qismdan iborat. 
To`gri kanalcha buyrakning pustloq qavatida yoki pustloq qavati bilan magiz 
qavati chegarasida yana burama shaklga kirib, 
ikkinchi tartibdagi burama-distal 
kanalchani
xosil qiladi. Bu kanalcha chiqaruvchi 
yul – yiguvchi naychaga 
kuyiladi. 
Bundan yiguvchi naychalarning bir kanchasi kushilib umumiy chiqaruv yullarni xosil 
qiladi, bu yullar buyrakning magiz kavatidan utib, buyrak jomi bushligiga To`rtib 
chikib turuvchi surgichlarning uchiga ochiladi. Xar bir SHumlyanskiy-Boumen 
kapsulasining diametri kariyb 0,2 
mm
, bir nefron kanalchalarining umumiy uzunligi 
esa 35-50 
mm
ga etadi. 
Buyraklarning qon bilan ta`minlanishi. 
Buyrak arteriyalari tobora mayda 
tomirlarga tarmoqlanib, arteriolalarni xosil qiladi, xar bir arteriola SHumlyanskiy-
Boumen kapsulasiga kirgach yana taxminan 50 ta kapillyar qovuzloqqa bulinadi, bular 
esa Mal’pigiy koptokchasini xosil qiladi. Kapillyarlar birga kushilib, koptokchadan 
chikuvchi arteriolani xosil qiladi. Koptokchaga Qon etkazib beruvchi arteriola olib 
keluvchi tomir (vasafferens) deb ataladi. Koptokchadan Qon olib ketadigan arteriola 
esa olib ketuvchi tomir (vasefferens) deyiladi. Kapsuladan chikayotgan arteriola unga 
kelayotgan arterioladan torrok. Koptokchadan chiqqan arteriola undan sal nariroqda 
yana kapillyarlarga tarmoqlanib, qalin tur xosil qiladi, bu kapillyarlar turi esa birinchi 
va ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarni urab oladi. SHunday qilib, koptokcha 
kapillyarlaridan utgan Qon keyinchalik kanalchalarning kapillyarlaridan ham utadi. 
Bundan tashkari, mal’pigiy koptokchasining xosil bo’lishida katnashmaydigan, ozgina 
arteriolalardan boshlanuvchi kapillyarlar kanalchalarni qon bilan ta`minlaydi.Qon 
kanalchalarning kapillyarlar turidan utgach mayda venalarga kiradi, bu venalar bir-
biriga kushilib, ravok venalari (venaearcuatae) ni xosil qiladi. Ravok venalarining bir-
biriga kushilishidan esa buyrak venasi vujudga keladi. Buyrak venasi pastki kavak 
venaga kuyiladi. 
Yukstamedullyar nefronlar.
Yuqorida tasvir etilgan nefronlardan tashqari, 
buyrakda olgan o`rni va Qon bilan ta`minlanishi jixatdan farq qiluvchi boshqa – 
yukstamedullyar nefronlar mavjudligi yakinda kursatib berildi.Yukstamedullyar 
nefronlar buyrakning deyarli butunlay magiz kavatida joylashgan. Ularning 
koptokchalari pustlok kavati bilan magiz kavati orasida bo`ladi. Genle kovuzlogi esa 
buyrak jomi chegarasida joylashgan. Yukstamedullyar nefronning Qon ta`minoti 
pustlokdagi nefroning Qon ta`minotidan shu bilan fark qiladiki, Qon olib keluvchi 
tomir diametri kancha bo’lsa, Qon olib ketuvchi tomir diametri xam ushancha. 
Koptokchadan chiqayotgan arteriola kanalchalar atrofida kapillyar tur tashqil 
kilmaydi, balki biroz yul bosib, bevosita venoz sistemaga kuyiladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish