Tayanch so’zlar
: SHumlyanskiy-Boumen kapsulasi, mal’pigiy koptokchasi,
terining ayiruv funktsiyasi, fil’trlovchi membrana
Chiqaruv jarayonlari.
Chiqaruv jarayonlari organizmda moddalar
almashinuvining oxirgi bosqichidir; keyinchalik organizmda
foydalanilmaydigan parchalanish maxsulotlari bu jarayonlar oqibatida
organizmdan chiqarib tashlanadi. Odamda buyraklar, ter bezlari, o’pka, me`da
ichak trakti, So`lak bezlari chiqaruv organlariga kiradi.
O’pka chiqaruv organidir, chunki karbonat kislota, suv va ba`zi uchuvchan
moddalar, masalan, narkoz vaqtida efir va xloroform bug`lari, mastlikda alkogol’
buglari organizmdan o’pka orqali chiqib ketadi. Me`da bezlari, ichak va So`lak
bezlari dorivor moddalarni (morfiy, xinin, salitsilatlar), ogir metall tuzlarini, yod
organik birikmalari, oz miqdorda siydikchilni va siydikkislotasini, shuningdek o`t
pigmentlarining uzgarish maxsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.
Jigar yordamida me`da ichak trakti orqali
Qondan gormonlar va ularning uzgarish
maxsulotlari, gemoglobin almashinuvning maxsulotlari, xolesterin almashinuvining
oxirgi
maxsulotlari
organizmdan
chikariladi.
Chiqaruv
organlari
modda
almashinuvining oxirgi maxsulotlarini organizmdan chiqarib yuborish bilan bir
qatorda, organizm ichki muxitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash
uchun xam axamiyatli. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya`ni organizm ichki
muxitining osmotik bosimini doim bir darajada saqlashda (
izoioniya
) qatnashadi.
Chiqaruv organlari
– buyraklar, o’pka, ter bezlari – organizmda vodorod ionlari
Kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda xam muxim axamiyatga egadir.
O’pka al’veolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini
pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o’pka termoregulyatsiyada xam
qatnashadi. Chiqaruv organlari orasida yog va sut bezlari aloxida urin tutadi. Ular
ajratadigan moddalar – teri yogi va sut – modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari
bo’lmay, ma`lum fiziologik axamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovqat
bo`ladi, teri yogi esa terini moylab turadi.
Buyraklar funktsiyasi.
Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil
bo`ladigan turli moddalarni, tashqi muxitdan kirgan yot va zaxarli moddalarni
organizmdan chikarib yuboradi, shu bilan bir katorda yana boshqa funktsiyalarni
utaydi: organizmda suv balansini, kislota-ishkor muvozatini, natriy, kaliy, xlor, fosfor
va boshqa mineral moddalar balansini boshqarishda katnashadi, ba`zi ximiyaviy
birikmalarni sintezlaydi, arterial bosim miqdoriga ta`sir etuvchi fiziologik modda –
renin ishlab chikaradi. Bundan tashqari gomeostazni saqlab turishda, biologik aktiv
moddalarni ishlashda – inkretor vazifani – fermentlarni sintezlaydi – urokinaza,
tromboplastin, tromboksan (tomirlarni toraytiradi, trombotsitlarni agregatsiyasiga
kumaklashadi), prostatsiklin (trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi). Urokinaza
plazminogenni aktivlaydi buning natijasida fibrinoliz sodir bo`ladi.
Buyrak xujayralari provitamin Dni aktiv shaklga D
3
aylantiradi, bu steroid
organizmda kaltsiy almashinuvini boshqaradi. Bundan tashkari buyrakda boshqa
tukimalar xujayralariga ta`sir qilib, xar xil effektlarni chaqiradigan moddalar ishlanadi
– serotonin, bradikinin, prostaglandinlar, eritrogenin (Qon plazmasidani α globulini
bilan birikib aktiv kompleks – eritropoetinga aylanadi), metabolik funktsiyani
bajarishda ishtirok etadi. Buyraklarning asosiy funktsiyasi – siydik xosil qilishdir.
Nefron va uning Qon bilan ta`minlanishi. Buyrak murakkab tuzilgan bo’iib, taxminan
1 million
nefrondan
tuzilgan, bular struktura va funktsional birliklardir. Nefronlar
orasida kushuvchi (interstitsial) tukima bor. Nefronning funktsional birlik ekaniga
sabab shuki, u siydik xosil bo’lishida ruy beradigan barcha jarayonlar yigindisi amalga
oshira oladi. Xar bir nefron qo`sh devorli tovoqcha shaklidagi kichik kapsula
(
Do'stlaringiz bilan baham: |