52
tormozlaydi. Shuningdek seratonin, adrenalin, glyukagonlar ham ichak harakatini
tormozlaydi.
Defekastiya - to’plangan moddalar to’g’ri ichak resteptorlarini qitiqlashi natijasida
yog’on ichakdan najasni chiqarib yuborilishidir. To’g’ri ichakda bosim 40-50
sm. suv ustunidan ortgandan so’ng odamda defekastiya sodir qilish xohishi
paydo bo’ladi. Bosim 20-30 suv ustuniga etganda to’g’ri ichak to’lganligi hissi paydo
bo’ladi. To`g’ri ichakning silliq muskullardan tashkil topgan - ichki va ko`ndalang targ’il
muskullaridan iborat - tashqi sfinkterlari defekastiyadan tashqari paytlarida tonik
qisqargan holda bo’ladi. Bu sfinkterlarni reflector bo’shashi, ichakning peristaltic
qisqarishi, orqa peshovni ko’taruvchi (m. levator ani )muskulning qisqarishi, to’g’ri
ichakning halqasimon muskullarining qisarishi - najasni to’g’ri ichakdantashqariga chiqishini
ta’minlaydi. Defekastiyada kuchanish katta ahamiyatga ega, bunda qorin devori va diafragma
muskullari qisqarib qorin bo’shlig’idagi bosimni 220 sm. suv ustunigacha ko’tarishi
mumkin.To’g’ri ichak resteptorlari orqa miyaning bel-dumg’aza sohasi bilan bog’laydi va
birlamchi reflektor yoyni xosil qiladi. 1 reflektor yoy ixtiyorsiz defekastiya holatini
boshqaradi. Ixtiyoriy defekastiya holati bosh miya po’stlog’i, uzunchok miya markazlari
va gipotalamus ishtirokida amalga oshiriladi.Orqa miyaning chanoq nervi tarkibidagi
parasimpatik tolalaridan kelgan impulslar sfinkterlar tarangligini susaytirish va to’g’ri
ichak harakatini kuchaytirish orqali defekastiyani kuchaytiradi.Simpatik nervlar esa
sfinkterlar qisqarishini kuchaytiruvchi va to’g’ri ichak harakatini susaytiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.Ixtiyoriy defekastiya holati bosh miyadan orqa miya markazlariga yuborilgan
tashqi sfinkterni bo’shashtiruvchi, diafragma va qorin devori muskullarini qisqartiruvchi
ta’siri natijasidir. Sog’lomodamlarda bir sutkada 1-2 marta defekastiya sodir etiladi.
og’on ichakdagi gazlar.
Bir kecha-kunduzda ichaklardan defekastiya paytida va boshqa
vaqtlarda 100-500 ml gaz chiqariladi. Ichakdagi gazlarning kelib chiqishi har xil. Uning
bir qismi ovqatlanish paytida yutilgan gazlar hisobiga paydo bo’ladi. Me’da osti bezi
shirasi tarkibidagi gidrokorbonatlar ichakdagi kislotali ximus bilan aloqada bo’lishi ko’p
miqdorda SO2 gazi ‚hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Gazlar ichakdagi mikrofloralar mahsuli
hamdir. Ayrim oziq moddalarni hazm qilishda (dukkakli o’simliklar, karam, piyoz,
qora non, kartoshka va boshqalar) ko’p miqdorda gazlar xosil bo’ladi. Sog’lom odamlar
ichagida hosil bo’lgan gazlar tarkibi N2 (24- 90%),S02 (4,3-29%), 02(0,1-23%), N2(O,6-
47%), metan (0-26%), oz miqdorda vodorod sulfid, ammiak va merkaptonlardan iborat.
Yog’on ichak mikroflorasi.
Yog’on ichakda hazm jarayoni davrida
me’yordagi
mikrofloraning
ahamiyati katta. Yog’on ichakda anaerob mikroflora aerob
mikrofloradan ko’p. Yog’on ichakdagi microflora hazm bo’lmagan oziq moddalarni,
kletchatkani parchalaydi; lipid, o`t va yog` kislotalar, bilirubin, xolesterin almashinuvlarida
qatnashadi; ingichka ichakdan ximus tarkibida tushgan fermentlarni susaytiradi(ishqoriy
fosfataza, tripsin, amilaza); karbonsuvlarni kislotali mahsulotlarga qadar (sut va sirka
kislotalari) achitadi; yog’on ichakda K va V guruh vitaminlarni sintezlaydi; umumiy
immunitetni xosil qilishda ishtirok etadi; patogen mikroblar ko’payishini to`xtatadi. Mikroblar
ta’sirida oqsillar chiriydi va zaharli moddalar: indol, skatol, fenollarni hosil qiladi. Achish
natijasida hosil bo’lgan kislotali moddalar chirishni tuxtatadi, shuning uchun ham to’g’ri
ovqatlanish ichakdagi achish va chirish jarayonlarini bir xil muvozanatda ushlab turadi.
Ayrim kasalliklarda, hamda uzoq muddat davomida antibakterial preparatlar iste’mol qilinishi
ichakning me’yordagi mikroflora tarkibi buzilib patogen mikrofloralarning ko’payib ketishiga
(disbakterioz) sabab bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: