56
Koptokchalardagi fil’tratsiya.
1844 yildayok K. Lyudvig uz tadqiqotlariga
asoslanib, siydik xosil bo’lish jarayoni koptokchalarning kapillyarlari devori orqali ruy
beradigan
fil’tratsiyadan
va kanalchalardan ruy beradigan
reabsorbtsiya (ya`ni
kayta
So`rilish
)
dan iborat deb faraz kilgan. A. Keshni bu taxminni rivojlantirib,
xosil
bo’lishining fil’tratsiya-reabsorbtsiya, sekretsiya nazariyasini
ta`riflab bergan. Bu
nazariyani xozirgi tasavvurlarga asos buldi va kup eksperimentlarda tasdiqlandi.
Xozirgi nazariyaga kura, koptokcha kapillyarlari orqali utadigan qon plazmasidan
SHumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yukori
molekulali birikmalardan tashkari) fil’trlanib utadi. Koptokchalardagi fil’tratsiya
endoteliydagi teshiklar, bazal membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy
xujayralari orasidagi yoriklar orqali ruyobga chiqadi. Bu fil’tr diametri taxminan 100
angstremgacha bulgan molekulalarni o’tkazadi. Molekulyar ogirligi 70 mingdan ortik
bulgan kattagina zarralar bu fil’trdan utmaydi. SHuning uchun globulinlar (molekulyar
ogirligi 160 mingdan ortik), yoki kazein (molekulyar ogirligi 100 000 ortik) kabi
yukori molekulali oqsillar fil’tratga utmaydi. Molekulyar ogirligi uncha katta
bo’lmagan ba`zi yot oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak fil’tridan
utib, siydik bilan chikib ketadi. Qon plazmasining al’buminlari (molekulyar ogirligi
kariyb 70 000) fil’tratga juda oz (plazmadagi miqdorining 1/100 qismidan kamrogi)
utadi.
Tomirlar ichida gemoliz ruy berganda, ya`ni eritrotsitlar parchalanib, gemoglobin
molekulalari (molekula ogirligi 68 000) plazmaga chikkanda uning 5 protsenti
fil’tratga utadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (mochevina,
siydik kislotasi, glyukoza, aminokislotalar va boshqalar) koptokcha fil’tridan bemalol
utib, SHumlyanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Buni A.N. Richards avvalliga
bakalar, sung sut emizuvchi hayvonlar – dengiz chuchkachalari va kalamushlar ustida
mikrofiziologik eksperimentlar o’tkazib bevosita isbot etgan. Utkir tajribada
hayvonning buyragini ochib, uning yuzarokda yotgan va mikroskop orqali kuzatish
mumkin bulgan biror kapsulasiga ingichka mikropipetka kiritilgan.
Bu kapsuladan boshlanuvchi kanalcha suyuklik utmaydigan qilib kisib kuyilgan.
SHu yul bilan mikropipetka orqali etarli miqdorda fil’trat olib, uning tarkibini
tekshirish mumkin bulgan. Natijada
koptokcha fil’tratida,
boshqacha aytganda,
birlamchi siydikda,
anorganik va organik moddalarning miqdori ularning qon
plazmasidagi miqdoriga teng ekanligi aniklangan.
Xosil bo`layotgan birlamchi siydikning miqdori juda kup bo’iib, bir sutkada 150-
180
l
gacha etadi. Buyraklarning Qon bilan yaxshi ta`minlanishi, koptokcha
kapillyarlarining maxsus tuzilganligi va fil’tratsion yuzasining katta ekanligi va
ulardagi qon bosimi yukori ekanligi tufayli fil’tratsiya xajmi shunday katta bo`ladi.
Buni kuyidagi ma`lumotlar bilan ko’rsataylik. Bir sutkada buyraklardan 1700
Do'stlaringiz bilan baham: