Vatanni sevmaslik – eng ulug‘ insoniy baxtdan, hissi- yotdan mahrumlikdir. Ona yurt taqdiriga beparvo qarash – uni o‘zgalar qo‘liga topshirib qo‘yish bilan barobardir. Haqiqiy farzand Vatanni butun vujudi bilan sevadi, uni asrash,
ravnaq toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini bag‘ishlaydi.
Savol va topshiriqlar: 1. Vatan haqida qanday she’r yoki maqol bilasiz?
2. Vatan ozodligi uchun kurashgan qahramon insonlar haqida ga-
piring.
3. Rasmlarda Vatanga muhabbat hissi qanday aks etgan?
1
2
3
4. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» qo‘shig‘idan bir parcha
kuylab bera olasizmi?