100
VATAN SOG‘INCHI
Taqdir taqozosi bilan Hindiston tuprog‘ida yashab, bu o‘lkada
qudratli davlatga asos solgan
Zahiriddin Muhammad Bobur
bobomiz doimo ona yurt sog‘inchi bilan yashagan. Bu ulug‘ zot
uchun qadrdon diyordan olib kelingan, uni eslatadigan har
qanday narsa Vatan timsoli bo‘lib ko‘rinadi. Uning o‘zi yozi-
shicha, yurtimizdan olib borilgan qovunni hidlab,
yosh boladek
yum-yum yig‘lagan ekan. Chunki, ana shu lahzada ul zot Vatan-
ning hidini tuygandek bo‘ladi, olis bolalik yillari o‘tgan damlarini
qo‘msaydi. Vatanga qarab chopgisi, bamisoli qanot bog‘lab uchgisi
keladi. Afsuski, yo‘lning
uzoqligi, hind diyorida davlat ishlari bilan
muttasil bog‘lanib qolgani uchun yuragida zildek armon bo‘lib
yotgan bu orzuni amalga oshirishning imkoni topilmaydi.
Vatanimizning tarixiy timsollari deganda, qadimiy shaharlarimiz
va asrlar davomida ularning ramzi bo‘lib kelayotgan obidalarni ko‘z
oldimizga keltiramiz. Zamonaviy timsollar
esa bugungi davrning
ruhini, xalqimizning hozirgi kundagi orzu-intilishlarini aks ettiradi.
Masalan, ko‘hna Buxoro markazidagi Minorai Kalon yodgorligi ko‘p
yillar davomida shaharning o‘ziga xos timsoli bo‘lib kelgan. 2010-
yili Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan «Ko‘hna va boqiy
Buxoro» monumenti esa ushbu muqaddas zaminning badiiy yo‘l
bilan yaratilgan zamonaviy timsoliga aylandi.
Buyuk Sohibqiron bobomiz Shahrisabzdagi muhtasham Oqsaroyni
o‘z kuch-qudratining bezavol timsoli sifatida bunyod ettirgan. Shu
bois uning peshtoqiga «Kimki bizning kuch-qudratimizga shubha
qilsa, qurdirgan binolarimizga boqsin» degan so‘zlarni
yozdirib
qo‘ygan. 1996-yili bu obidaga tutash maydonda Amir Temur bobomiz
haykali o‘rnatildi. U shaharning zamonaviy timsoliga aylandi.
Yoki Samarqanddagi Shohi-zinda, Bibixonim,
Registon yod-
gorliklari qatoriga istiqlol yillarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy
majmualari va boshqa ko‘plab obidalar qo‘shilgani yurtimizda qa-
dimiy timsollarimizni
asrab-avaylash bilan birga, xalqimizning bugungi
orzu-intilishlari, bunyodkorlik ishlarining yorqin ifodasi bo‘lgan
zamonaviy timsollarni yaratishga ham katta e’tibor berilayotganini
101
ko‘rsatadi. Masalan, Vatanimiz poytaxti Toshkent shahridagi Musta-
qillik maydonida
barpo etilgan Ezgulik arkasi, Mustaqillik va ezgulik
monumenti xalqimizning yuksak orzu-intilishlari timsollari hisob-
lanadi. Biz bu timsollarning har birida,
tomchida quyosh aks
etganidek, Vatanimizning go‘zal va maftunkor qiyofasini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: