A ashirov, sh. Atadjanov



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

monaviy 
etnomadaniy jarayonlar roliga katta e’tibor qaratilmoq- 
da. Mazkur yo‘nalishda Toshkent mahallalari bo‘vicha olib boril- 
gan tadqiqotlar natijalarini dastlabki yutuqlar sifatida qayd etish 
mumkin.
♦ Zamonaviy etnologiyaning tadqiqot mavzusi va o‘rganish 
maydoni ancha keng bo‘lib, unga yaqin bo‘lgan sotsiologiya, 
madaniyatshunoslik, psixologiya, antropologiya, folklorshu- 
noslik kabi fanlar bilan o‘zaro tutashishi natijasida etnopsixolo­
giya, etnomadaniyat, etnofolkloristika, etnosotsiologiya, etno- 
pedagogika kabi yangi sohalar paydo bo‘ldi. Ushbu yo‘nal ish­
lar respublikaning bir qator oliy o ‘quv yurtlarida maxsus fan 
sohasi sifatida o ‘qitilmoqda. Ularning ayrimlari bo‘yicha o‘quv 
qo‘llanmalar ham yaratildi. Masalan, (Etnomadaniyat. 0 ‘quv 
qo‘Hanma. Т., Adolat, 2003. Jabborov I. Jahon xalqlari etnolo- 
giyasi. Т., 2005.).
♦ Keyingi davrda yetakchi olimlar yosh tadqiqotchilar bilan 
birga xorijiy mutaxassislar ishtirokida respublikamizda etno­
logiyaning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman- 
lar hamda festivallarni o‘tkazish yaxshi bir an’anaga aylanib 
ulgurdi.
♦ Bu borada «Akademik Karim Shoniyozov o‘qishlari» tur- 
kumida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy anjumanning tashkil 
etilganligi va mazkur konferensiya materiallarini muntazam nashr 
etib borilayotganligini ham amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar- 
ning natijasi deb aytish mumkin. Lekin, sohada qator yutuq- 
larga erishilganiga qaramay ham on yechilishi lozim bo'lgan 
muammolar mavjudki, ulami chetlab o ‘tib, ma’lum bir ijobiy 
natijalarga erishish mumkin emas.
Zamonaviy o‘zbek etnologiyasi oldidagi muammolar to‘g‘risida 
fikr yuritadigan bo‘lsak, awalo shuni ta ’kidlash kerakki, hanuz- 
gacha ayrim tadqiqotlar tavsifiy xarakter kasb etmoqda. Etnologik 
yo‘nalishda bajarilgan har qanday tadqiqot ma’lum bir amaliy
41


ahamiyatga ega boiishi va uning natijalaridan bugungi va ertangi 
kun amaliyotida foydalana olish lozim.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga xulosa sifatida qayd etish lo- 
zimki, hozirgi davrda o‘zbek etnologiyasi dolzarb va ijtimoiy jihat­
dan katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishi lozim:
♦ E tnologiya so h asid a ta d q iq o tla r olib b o ray o tg an
mutaxassisiar o'zaro hamkorlikda fanning keigusidagi istiqbolli 
yo‘nalishlarini belgilab oiishlari darkor. Bunda o‘zbek etnologiyasi 
rivojlangan mamlakatlar fani bilan hamohang rivojlanishi va o‘z 
navbatida o‘zining maktablari va konsepsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. 
Metodologik muammoiarga sifat jihatdan yangicha yondashuvni 
tashkil etish barobarida an’anaviy usuliar bilan birga noan’anaviy 
usullardan ham foydalanish zarur. Nazariy-metodologik tad- 
qiqotlarga jiddiy e’tibor qaratilmas ekan, bajarilgan har qanday 
ilmiy ish ham arnaliy ahamiyat kasb etmaydi. Natijada u ilmiy 
qimmatga ega boirnagan tavsifiy tadqiqotdan nariga o‘tmaydi. 
Qolaversa, bugunning zamonaviy muammolarini etnolog olim 
nigohi bilan tadqiq qilish, amalga oshirilgan har bir tadqiqot 
jamiyatning m alum bir sohasi uchun arnaliy natija bermog‘i 
lozim. Shundagina etnologik tadqiqotlarga jamiyatda qiziaish ortadi 
va uning arnaliy qimmati oshadi.
♦ Respubiikamizda mazkur yo'nalishda ilmiy tadqiqotlar olib 
borayotgan mutaxassisiar tomonidan etnos nazariyasi, etnogenez 
va etnik tarixga bag‘ishlangan sifat jihatidan yuqori ilmiy xulosalarga 
asoslangan tadqiqotlarni yaratish zarur. « 0 ‘zbek xalqi etnogenezi 
va etnik tarixi»ning majmuaviy muammosi mamlakatimiz ilmiy 
muammolarining markazida turganligi hamda xalqimiz etnogenezi 
va etnik tarixining turli jihat lari jiddiy o‘rganilayotganiga qaramav, 
murakkabligi bois uni tugallangan deb bolmaydi va u arxeolog, 
antropolog, etnograf, tarixchi, tilshunos va boshqa soha olimla- 
riningjamoaviy fikr mulohaza va xulosalarini kutmoqda. Bu borada 
birinchi qadam sifat ida mamlakatimiz va chet eilarda etnogenez 
bo‘yicha mavjud barcha adabiyotlarni imkon qadar o‘rganib 
chiqish, maxsus tahlil etish, bu tahlilga eng yangi arxeologik, 
antropologik, tilshunoslik, etnografik va boshqa ma’lumotlarni 
qo‘shish lozim. Tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek xalqi gene-
42


seologiyasi, etnodemografiyasi, etnopsixologiyasi, milliy men­
talitetiga va umuman olganda, etnos muammosi bilan cham- 
barchas bog‘liq tadqiqotlarga, shuningdek, etnik jarayonlarning 
nazariy-metodologik konsepsiyalarini shakllantirish, madaniy 
antropologiya, etnoekologiya kabi yo'nalishlarga jiddiy e’tiborni 
qaratish hamda etnologik term inlar ham da atamalarga oid 
lug‘atlarni nashr etish maqsadga muvofiqdir.
♦ Etnologiyada asosiy tadqiqot obyektlaridan biri hisoblangan 
moddiy va m a’naviy madaniyat ko'rinishlari, an’anaviy turmush 
tarzi bilan bogiiq marosimlar va urf-odatlarni tavsifiy etnografik 
shaklda yoritishdan chekingan holda m a’lum bir nazariy- 
metodologik konsepsiyaga asoslanib ular genezisi, o'ziga xos 
xususiyatlari, tub mohiyatiga e ’tibor bergan holda etnologik nuqtai 
nazardan tadqiq etish zarur.
♦ Dunyo miqyosida ulkan globallashuv jarayoni va yangi 
texnologik davr hisoblanmish hozirgi davrda etnosning o‘rni va 
ahamiyati, zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, etnoslararo kom- 
munikatsiya va globallashuv jarayonlarida milliy xususiyatlarning 
saqlanib qolish omillarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
♦ XX asrda ijtimoiy-siyosiy hayotda sodir boigan o‘zgarishlar 
turli etnik guruhlar va etnoslar hamda turli-tuman madaniyatlarning 
o£zaro qorishishiga olib keldi, Natijada, etnomadaniy aloqalarning 
kuchayishi respublikamiz hududida yashovchi mahalliy subetnoslar 
va turli tuman diasporalar moddiy va ma’naviy turmush tarzida 
ulkan o‘zarishlarga sabab boldi, deb baholash mumkin. Shu sabab- 
ga ko‘ra bugungi kunda dinlararo, millatlararo, etnosiyosiy, 
etnoijtimoiy, etnomadaniy munosabatlar tahliliga oid jiddiy 
tadqiqotlar amalga oshirishni talab qilmoqda. Hozirda, awalo, 
turli etnoslar va diasporalar zich yashayotgan hududlarda etnos­
lararo aloqalar, etnomadaniy o‘zaro ta ’sir va madaniyatlarning 
bir-biriga kirib borishi; milliy xususiyat va mentalitet; etnoslararo 
ziddiyatlar va nizolar sabablari ularning ehtimoli; millatchilik va 
milliy separatizm, ayirmachilik; milliy siyosat kabi dolzarb 
muammolar yechimini topish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
♦ Oliy o ‘quv yurtlarida etnologiya fani o'qitilishini sifat 
jihatdan takomillashtirish va bu sohada tadqiqot olib borayotgan
43


nazariyotchi olimlar bilan amaliyotchi pedagoglar o‘zaro ham - 
korlikda yangicha mhdagi darsliklar yaratishlari lozim. Bu sohada, 
ayniqsa, G ‘arbda keng rasm boigan madaniy antropologiya yoki 
ijtimoiy ant ropologiyaga oid darsliklar va o‘quv qo llanmalardan 
ham bevosita foydalanish kerak. Eng muhim ishlardan yana biri 
mazkur soha uchun universitetlar o‘quv dasturlaridagi dars 
soatlarini ko'paytirish va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan 
universitet va institutlarda «Etnologiya» kafedralari yoki ilmiy 
markazlarini, shuningdek, etnik antropologiya, etnik sotsiologiya, 
etnodemografiya, etnoiqtisodiyot, etnogeografiya, etnopeda- 
gogika, etnopsixologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlarda maxsus 
kurslarni tashkil etish zarur.
♦ 
Zamonaviy jamiyatda millatlararo munosabatlar eng muhim 
muammolardan biriga aylanayotgan bir paytda polietnikjamiyatni, 
milliy-etnik munosabatlarni, uning tarixiy asoslari-yu bugungi 
holati hamda istiqbollarini etnologik yo‘nalishda tadqiq qilish ham 
muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, 0 ‘zbekiston hududidagi 
turli etnik yoki etnografik guruhlarni tadqiq qilish bilangina 
cheklanib qolmav, balki ijtimoiy guruhlar va turli madaniy 
muhitlar muloqotining jamiyat hamda xalqlar turmushiga ta’sirini 
ham o‘rganish darkor.
Umuman olganda, etnologiya insoniyat faoliyatining turli 
jihatlarini tadqiq qiluvchi fan boiishi bilan birga mazkur fan 
jamiyat hayotida heeh qanday me’yoriy qoliplar bilan olch ab
bolmaydigan qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. 

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish