A ashirov, sh. Atadjanov


 ‘zbckistonda etnologiya fani: yutuqlar, muanunolar va



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

1.5. 0 ‘zbckistonda etnologiya fani: yutuqlar, muanunolar va
rivojlanish istiqbollari
Biz oldingi qismlarda respublikamizda etnologiya fanining tarixi 
va bu sohada erishilgan ijobiy ishlar borasida fikr yuritgan edik. 
Endi esa zamonaviy etnologiya fani yutuqlari, muammolari va 
mazkur fanning rivojlanish istiqbollariga e’tibor qaratsak. 0 ‘zbe- 
kiston istiqlolga erishganidan keyin boshqa ijtimoiy fanlarda bo‘i- 
gani singari etnologiyada ham katta amaliy ishlar bajarildi.
Mustaqillik yillarida mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‘lgan 
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi etnologiya sohasida ham, 
garchi ma’lum qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, bir qator ilmiy- 
nazariy va metodolik tadqiqotlar amalga oshirildi. Tadqiqotlar 
nafaqat mazmun va mohiyati bilan, balki, ularga nazariy-meto- 
dologik jihatdan yondashuvlar ham o ‘zgarganligini ko'rsat- 
moqda. Tarixan qisqa davr mobaynida erishilgan eng muhim 
natijaiar sifatida tadqiqot mavzularining kengayishi va ilmiy 
izlanish samaradorligi oshganligini qayd etmoq darkor. Tadqiqot 
obyekti va predmeti, uning metod va nazariyalariga ham yangicha 
qarash natijasi o‘laroq «etnomadaniy jarayonlar», «etnoslararo 
jarayonlar», «zamonaviy jamiyatda milliy-etnik jarayonlar», 
«etnopsixologiya», «etnoslararo kommunikatsiya», «gender 
muammolari» va etnologiyaning boshqa zamonaviy yo‘nalishla-
38


rida ko'plab tadqiqotlar amalga oshirildi. 0 ‘tgan qisqa davr 
mobaynida etnolog tadqiqotchilar «bir xillik» andozasidan ozod 
bo‘ldilar va «madaniyat», «madaniy meros», «mentalitet», «milliy 
ruh» kabi tushunchalarning sof milliy shakli va mazmuniga 
qaytdilar. Qolaversa, fanning asosiy tadqiqot ob’ekti bo'lgan etnos 
nazariyasi, etnogenez va etnik tarixga oid yangi nazariy-metodologik 
konsepsiyalar va qarashlar yaratildi. Shuningdek, mustaqillik 
yillarida xalqimiz moddiy va m a’naviy madaniyati, oilaviy va 
jamoaviy hayoti, diniy e’tiqodlari va marosimlarini tadqiq etish 
borasida jiddiy tadqiqotlar yaratilishi bilan birga fanda qo‘ni- 
qo‘shnichilik an’analari, etnoslararo jarayonlarni tadqiq etish- 
ga qaratilgan yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Bajarilgan 
tadqiqotlarning samarasi oiaroq qator monografiyalar va risola­
lar e’lon qilindi. Bu o‘rinda o‘zbek elshunos olimlari I. Jabborov,
H. Ismoilov, O. Bo‘riyev, A. Ashirovlami o ‘zbeklarning oilaviy 
turmush an’analari, to ‘y-tantanalari, dafn marosimlari hamda 
milliy qadriyatlariga oid tadqiqotlari (Jabborov I. 0 ‘zbeklar 
an’anaviy turmushi va madaniyati -Т.; 2004. Ismoilov H. 0 ‘zbek 
to ‘ylari - Т.; 1994.: Bo‘riyev O. va boshqalar 0 ‘zbek oilasi tarixi. 
Т., 1995.: Nasriddinov Q. 0 ‘zbek dafn v a ta ’ziya marosimlari. - 
Т.; 1996.: Ashirov A. « 0 ‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va maro­
simlari». - Т.; 2007.) nashr etildi. 1991 — 2004-yillar mobaynida 
respublikamizda etnologiya yo‘nalishi bo‘yicha 20 dan ziyod 
nomzodlik va doktorlik dissertatsivalari himoya qilingani ham 
fan salohiyati oshib borayotganligidan dalolat beradi. Himoya 
qilingan dissertatsiyalar dolzarb mavzularda hamda respublikamiz- 
ning turli tarixiyetnografik mintaqalari misolida bajarilgan. Jum­
ladan, Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Zarafshon, Nurota, Buxoro, 
Surxondaryo, Qashqadaryo vohalari aholisining oila va oilaviy 
turmush marosimlari, maishiy turmush, jamoaviy munosabat- 
lar, uy hunarmandchilik, shuningdek, qoraqalpoqlar tarixining 
etnografik jihatlari yoritilgan ilmiy tadqiqotlar alohida ahamiyat 
kasb etadi. Mazkur dissertatsiyalar milliy qadriyatlar va an’ana- 
larni tiklash g‘oyasiga asoslanganligi, o ‘zbek xalqi etnografiyasi- 
ning muammolariga yangicha ruhda yondashilganligi bilan aj­
ralib turadi. Shuningdek, respublikaning qator universitetlarida
39


etnologiya bo'yicna Ilmiy rnarkaz va kafedralarning ochilishi ham 
ushbu fanga boigan e'tibor oshganligidan dalolat beradi.
Etnologiyaning boshqa fanlar bilan doimiy ravishdagi aloqalari 
natijasida etnoarxeologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, 
etnodemografiya, etnofolkloristika kabi yangi yo‘nalishlar paydo 
boidi va eng muhimi fanning nomi ham etnologiya deb o‘zgartirildi. 
Bu borada birgina 0 ‘zR FA Tarix institutining «Etnologiya» 
boMimida 0 ‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va 
texnologiyalar markazining amaliy tadqiqotlar dasturi bo‘yicha 
respublikamizning ikki tarixiy-etnografik mintaqasi, Farg‘ona 
vodiysi hamda Janubiy 0 ‘zbekiston mintaqalaridagi etnoslararo 
jarayonlarni taqqoslab tadqiq qilinganligi yoki zamonaviy polietnik 
shahardagi etnomadaniy jarayonlar tahlil etilayotganligini ham 
bajarilayotgan ishlarning yorqin ko‘zgusi deb aytishimiz mumkin. 
Umuman, respublikada etnologik yo‘nalishda olib borilayotgan 
tadqiqotlarning asosiy yutuqlari quyidagilarda mujassamlashgan:
♦ Avvalo, keyingi o‘n yillikda etnologiyaning nazariy meto­
dologik muammolari borasida dastlabki ilmiy tadqiqotlar amal­
ga oshirildi. Bunda tadqiqotchilar tomonidan fanning nafaqat 
nazariy muammolari, balki zamonaviy etnologiya maktablari va 
atamalariga oid yangi materiallarning e’lon qilinishi o‘zbek etno- 
loglarining zamon bilan hamnafas tadqiqotlar olib bora- 
yotganliklarini ko‘rsatadi.
♦ Etnogenetik jarayonlar doirasida akademiklar K. Shoni­
yozov va A. Asqarov tomonidan o‘zbek xalqining shakllanish 
jarayoni va uning nazariy-metodologik muammolariga oid qator 
fundamental tadqiqotlar e’lon qilindi. Mazkur mavzu doirasida 
0 ‘zR FA Tarix institutida doimiy ilmiy seminar tashkii etilganligi 
va bu sohada respublikamizning ko‘zga ko‘ringan olimlarining 
ilmiy tadqiqotlari eio n qilinayotganligi ham ushbu yo‘nalishning 
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
♦ Mutaxassis olimlar nafaqat tarixiy-etnografik tadqiqotlar 
m avzularini, balki dastlabki professional etnograflar kabi 
«an’anaviy zamonaviylik»ni va bugungi kunda muhim deb e’tirof 
etilayotgan ijtimoiy madaniy innovatsiyalar, an’anaviy jam i- 
yatning zamonaviy hayotini ham tadqiq qilmoqdalar.
40


♦ Hozir etnologik yo'nalishda bajarilayotgan tadqiqotlarda 
an’anaviy madaniyatni tadqiq qilishgagina emas, balki zamonaviy 
polietnik jamiyatni o‘rganish, ayniqsa an’anaviy mahalla insti- 
tutining zamonaviy jamiyatda tutgan o ‘rni, mahalla tizimida za­

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish