«bug‘roxon»
va
«tavg‘achxon»
unvonlari bilan yuritilgan. Bu
uchta atama oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuk-
lik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan
sifatlangan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan Arslonxon, Bug‘roxon
va Tavg‘achxonlar «qoraxon» deya e’tirof etilgan. Ular boshqar-
gan davlat esa tarixda, keyinchalik, ramziy ravishda
«Qoraxo-
niylar davlati»
nomi bilan shuhrat topgan.
992-yilda Horun Bug‘roxon
boshliq
qoraxoniylar Movarounnahrga tomon
hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniy-
lar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar gir-
dobiga tushib qolgan edi.
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar.
Nuh
ibn Mansur
qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi
noibi
Sobuqtegin
ni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishili
qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib,
bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor
qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi
etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtegin va
o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |