62
17-§. QORAXONIYLAR DAVLATI
VA MOVAROUNNAHR
Tayanch tushunchalar:
Qoraxoniylar davlati;
Movarounnahrning egallanishi; Qoraxoniylar davlatining bo‘linib
ketishi; davlat boshqaruvi; Qoraxitoylar hujumi
Aziz o‘quvchi! Siz
VIII asr o‘rtalari
da Yettisuv o‘lkasida
tashkil topgan Qarluqlar davlatini eslang.
X asr o‘rtalari
da
Qarluqlar Issiqko‘lning janubiy sohili va Qoshg‘arda yashagan
yag‘mo
qabilasi hamda o‘zlaridan shimoli sharqda yashovchi
chigil
, sharqroqda qaror topgan
o‘g‘uz
va boshqa qabilalar bilan
yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval
«Xoqo-
niya o‘lkasi»
deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat
hukmdorlari «jabg‘u» deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini
«qoraxon», ya’ni «buyukxon» deb ataydilar.
XI–XII asrlar
da
Xoqoniya
rivoj topib kuchaygach, u
«Qarluq-Qoraxoniylar»
davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar it-
tifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari
«arslonxon»
,
Do'stlaringiz bilan baham: