Pedagogika tarixi — ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi
o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari — shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta
ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki
mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish
muammolarini o'rganadi.
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma'lum
bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standard) sifatida ilmiy pedagogik
89
hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami; ta'limning konseptual
modeli.