Pedagogik talab
— turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o`quvchi
tomonidan amal qilinishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari.
Pedagogik texnologiya
— ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash,
texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi
— o'qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog,defektolog, logoped, sport instruktori,
musiqa, badiiy ijodiyot,radiotexnika, sport va boshqa yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatuvchi to'garaklarning
rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Do'stlaringiz bilan baham: |