kuzatiladi, ko‟proq o‟gil bolalarda bo‟ladi, birmuncha bexatar bo‟lib o‟tadi va kasallar o‟rta
yoshlarga etguncha umr ko‟radi.
Yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi patologik teshikning kattaligi har xil, bir necha
millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‟ladi. Qon chap yurak bo‟lmasidan o‟ng
bo‟lmaga o‟tib turadi. Kichik qon aylanish doirasi orqali qo‟shimcha qon o‟tib turishi o‟ng
qorincha, o‟pka stvoli va uning tarmoqlari kengayib ketishiga olib keladi. O‟pka
gipertenziyasi nisbatan kechroq, odatda odam 30 yoshdan oshganidan
keyin boshlanadi va
chap qorincha gipertrofiyaga uchrab, o‟ng yurak bo‟lmasida bosim ko‟tarilib ketishiga olib
keladi. Shu munosabat bilan yurak dekompensastiyasiga xos alomatlar paydo bo‟ladi,
kasallarni o‟limga olib boradigan asosiy sabab ham ana shu yurak dekompensastiyasidir.
O‟pka gipertenziyasida yuzaga keladigan paradoksal emboliya ham o‟limga sabab bo‟lishi
mumkin.
Bunday hollarda embol yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siq nuqsoni orqali o‟ngdan
chapga o‟tib, darrov katta qon aylanish doirasiga tushadi.
Yurak to‟sigi shakllanishining izdan chiqishi to‟la yoki qisman atrioventrikulyar kanal
yuzaga kelishiga olib keladi. To‟la atrioventrikulyar kanal murakkab
nuqsonlar jumlasidan
bo‟lib, bunda yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siqning birlamchi nuqsoni va yurak qopqog‟i
tavaqalarining bo‟linib ketganligidan tashqari, qorinchalararo to‟sikda ham nuqson bo‟ladi,
shu narsa bitta teshik yuzaga kelishiga olib boradi.
Ochiq qolgan (saqlanib qolgan) Botallo yo‟li yurak nuqsonlarining eng ko‟p
uchraydigan xillaridandir. Arterial yo‟l odatda karotid va o‟mrov osti arteriyasi
boshlanishidan distalroq tomonda aortani o‟pka stvoli bilan tutashtirib turadi.
Embrional rivjlanish davrida qon aylanishi normal o‟tib turishi uchun zarur bo‟lgan
mana shu yo‟l bola tug‟ilganidan keyin bir necha hafta yoki oy davomida bekilib,
bitib
ketadi. Ayni vaqtda buning ikki bosqichi tafovut qilinadi: bu yulning funkstional bekilishi
(bir necha kundan 3-5 kungacha) Va anatomik obliterastiyasi (3-6 oy mobaynida).
Mana shu arterial yo‟l bekilmay qoladigan hol-Klarda qon aortadan o‟pka stvoliga
otilib tushaveradi. Bunday yurak nuqsoni ko‟pincha qizlarda kuzatiladi. Uning paydo
bo‟lishida qizilcha virusi tufayli boshlanadigan bachadon ichi infeksiyasining ahamiyati bor. Bu
nuqson ko‟pincha bolaning etilmay qolganligi va undagi respirator distresssindrom bilan
birgalikda uchraydi.
Botallo yo‟li oldingi ko‟ks
oraligida, perikarddan tashqarida joylashgan bo‟ladi. Arterial
yo‟lning tuzilishi har xil. U uzunligi 1 sm dan 2 sm gacha, diametri 1 mm dan 10 mm gacha
boradigan, aorta bilan o‟pka arteriyasi stvolini tutashtirib turadigan muskul tipidagi tomirdir.
Boshqa hollarda bu yo‟l aorta stvoli bilan o‟pka arteriyasi o‟rtasidagi teshik ko‟rinishida
ko‟zga tashlanadi.
Arterial yo‟lning bitmay qolganidan darak beradigan xarakterli klinik simptom to‟sh
suyagining chap tomonida qovurg‟alar orasida eshitiladigan dag‟al, keskin,
tirnaganga uxshash
sistolik shovqindir, "mashina" shovqini deb shunga aytiladi. Bu kamchilikning oqibati
nisbatan xayrli. Bemorlar o‟rta yoshlarga borguncha umr ko‟radi. O‟ng yurak
dekompensastiyasi, shuningdek
bakterial endokardit, o‟pka gipertenziyasi, o‟pka stvoli
anevrizmasi singari shu nuqsonga qo‟shilgan asoratlar bemorlarning o‟limiga sabab bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: