Mavzu: Chaqaloqlar va bolalar kasalliklari. Tug’ma anomaliyalar. Muddatdan oldin tug’ilgan chaqaloqlardagi buzilishlar Homila umumiy shishi



Download 264,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana29.01.2022
Hajmi264,35 Kb.
#415658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
15-mavzu a61a9f0d1ce6663d40cb3a371f995be1

 
TUG’MA TOMIRLAR NUQSONLARI 
Aorta koarktastiyasi aortaning tug‟ma stenozi yoki butunlay bitib ketganligidan iborat
nuqson bo‟lib, gemodinamikaning izdan chiqishiga olib boradi. Aorta koarktastiyasining
ikkita asosiy xili: bolalarda uchraydigan va kattalarda uchraydigan xili bor. 
Bolalarda uchraydigan (preduktal yoki infantil) xili aortaning arterial yo‟ldan 
proksimal tomonda sezilarli darajada stenozi borligi bilan tariflanadi. Bunda Botallo yo‟li
ochiqbo‟ladi. Bunday nuqson erkak va ayol jinsidagi kishilar orasida birdek darajada
uchraydi, ko‟pincha chap yurak kameralarining yetilmaganligi, bir yoki ikkala mitral 
qopqoqlar atreziyasi yoki stenozi, proksimal aorta gipoplaziyasi singari boshqa rivojlanish


nuqsonlari bilan birgalikda davom etib boradi. Chap yurak gipoplaziyasi sindromi deb ana
shunday hollarga aytiladi. Ko‟pincha chap yurak kameralari fibroblastozi kuzatiladi. Mana 
shunday nuqsoni bor chaqaloqlarda tushlgan kunidan boshlab yurak yetishmovchiligi boshlanadi 
va Botallo yo‟li bitib borishi bilan bolalar bir necha kundan keyin o‟lib ketadi. 
Aorta koarktastiyasining kattalarda uchraydigan yoki postduktal xili arterial yo‟ldan
distalroq tomonda aorta stenozi bo‟lishi bilan tariflanadi. Aortaning kichikroq bir segmenti
stenozga uchraydi. Arterial yo‟l yopiq bo‟ladi. Koarktastiyaning bunday xili, ayniqsa
Terner sindromi bo‟lgan mahallarda, erkaklarda ko‟proq uchraydi. Klinik simptomlarning
paydo bo‟lishi tomirning toraygan joyidan yuqori tomonda arterial bosim ko‟tarilishi va 
tomir toraygan joydan pastki tomonda pasayib ketishiga bog‟liq. Gavdaning pastki qismini qon 
bilan taminlovchi kollateral tomirlar kengayib boradi (dilatastiya). Bu kollaterallar egri-bugri 
bo‟lib qoladi. Aorta koarktastiyasining xarakterli klinik belgisi oyoq va qo‟llardagi arterial
bosimning har xil bo‟lishidir.
Koarktastiyadan proksimal tomonda aortada qon bosimining keskin ko‟tarilib ketishi 
uning o‟rta pardasi nekrozga uchrab, qavatlarga ajratuvchi anevrizma paydo bo‟lishiga olib 
keladi. 
Proksimal aortadagi mana shu anevrizmaning yorilib ketishi, aortaning 
infeksiyalanishi, miyaga qon quyilishi, chap yurak etishmovchiligi o‟limga sabab bo‟lishi 
mumkin. 
O‟pka stvolining yakka stenozi - chaqaloqlar orasida 8-9 foiz, maktab yoshidagi 
bolalar orasida 17,5-20 foiz hollarda uchraydi. Stenozning ikki turi - qopqoqqa aloqador 
va infundibo‟lyar stenoztafovut qilinadi. Ko‟proq (95 foiz hollarda) qopqoqqa aloqador stenoz
uchraydi. Ko‟pincha bitib ketgan qopqoq tavaqalarida markaziy (unikuspidal) teshik
bo‟ladi. Gohida qopqoq bir-biriga qisman qo‟shilib ketgan ikkita qattiq tavaqalardan iborat
bo‟ladi, bazan fibroz halqa gipoplaziyasi kuzatiladi. ifundibo‟lyar stenoz aksari qopqoqqa
aloqador torayish bilan birga uchraydi va o‟ng qorinchadan chiqish yo‟lida yuzaga kelgan 
qattiqqina fibroz va muskul to‟qimasidan iborat bo‟ladi. 
Chap qorinchadan otilib chiqadigan quchli qon oqimi (stenoz tufayli) uyurma holga kelib,
chap stvol kengayib ketishiga, yani possttenotik kengayma hosil bo‟lishiga olib boradi. 
Sezilarli stenozi bor kasallarda o‟ng qorinchaga aloqador yurak yetishmovchiligi boshlanib, shu 
hodisa bolalarning yoshlik chog‟ida o‟lib ketishiga sabab bo‟ladi. 

Download 264,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish