O‘zingiz haqingizda so‘zlab bering
Bu davra bo‘ylab o‘zini tanishtirish, lekin uni qiziqarliroq o‘tkazish uchun har bir
ishtirokchiga o‘zini tanishtirganidan keyin kutilmagan savol beriladi, masalan: “Nima uchun sizga
shunday ism berilgan?“ yoki “Sizning o‘tgan yildagi eng katta yutug‘ingiz nimadan iborat bo‘ldi?
Teatr yoki kinoda qanday rolni o‘ynashni xohlaysiz? Odatda, bunday savollar ishtirokchilarning
bir-biriga nisbatan qiziqishini uyg‘otadi va “dilidagilarni ochish”ga yordam beradi. Eng muhimi –
so‘zlovchiga xalaqit bermaslik, diqqat bilan tinglash, chunki ko‘pchilik ishtirokchilar guruh oldida
birinchi marta so‘zga chiqyaptilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |