Sherigingiz haqida so‘zlab bering
Boshqalar haqida so‘zlash doim osonroq, shuning uchun ishtirokchilardan sherigi haqida
ismi, kasbi, eng katta so‘nggi yutug‘i, eng katta so‘nggi mag‘lubiyati, o‘zi bilan umumiy
tomonlari haqida so‘zlab berish so‘raladi (tanishtiruv qisqa bo‘ladi). Bunda vaqtni qat’iy belgilash
zurur, masalan, tanishuvga - 3 daqiqa, tanishtirishga - 30 sekund. Bu mashg‘ulotga qo‘shimcha
qiziqish tug‘diradi.
Guruh bo‘lib tanishish
Agar vaqtingiz juda ham chegaralangan bo‘lmasa, tanishuvning boshqa, kengaytirilgan
usullarini qo‘llash mumkin. Bunda ishtirokchilar 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi
va har bir guruhga, masalan, barchaga xos 5 ta umumiy va 3 ta farqli belgilarni topish vazifasi
beriladi. Keyin guruhlar avval a’zolar ismlarini, keyin natijani aytadilar. Bunda ham vaqtni qat’iy
belgilash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |