96
Bu oddiy tanishuv emas, o‘zining va sherigining shaxsini anglashdir. Bunga ko‘proq vaqt
kerak bo‘ladi. Har bir ishtirokchi qog‘ozga ritsar qalqoni konturini chizadi, odatda, unda gerb aks
ettiriladi. Berilgan vaqtga qarab, vazifa oddiyroq yoki murakkabroq bo‘lishi mumkin. Rasmda
murakkab variant keltirilgan, uning 1-2 ta elementini qo‘llash mumkin. Har bir ishtirokchi
bo‘laklardagi savollarga javobni rasm orqali ifodalaydi. Ba’zan bu ishni bajarish oson bo‘lmasa-
da, javob so‘z bilan emas, rasmlar ko‘rinishida ifoda etilgani ma’qul. Keyin ishtirokchilar
tamg‘alar bilan almashadilar va qo‘llaridagi tamg‘a belgilariga izoh berib, tamg‘a egasini guruhga
tanishtiradilar. Tamg‘a egasi uni qanchalik to‘g‘ri tushunishganini sharhlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: