93
–
Men o‘z ota-onam bilan tez-tez ko‘rishib va gaplashib turaman
–
Men shahar yig‘ilishlarida qatnasha olaman
–
Men xususiy shifokorda davolana olaman va lozim bo‘lsa, o‘zim uchun kerakli dorilarni
sotib ola olaman.
–
Men umuta’lim maktabini tugatdim yoki tugataman
–
Men bilan bolalar va yoshlar maaslalari bo‘yicha maslahatlashadilar
–
Men jismoniy zo‘ravonlik xavfiga uchramayman
–
Men ba’zan seminar va treninglarga borib turaman
–
Menda OIV/OITS haqidagi axborotga ega bo‘lish imkonim bor
–
Agar mening farzandim bo‘lsa, men uni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlay olaman
–
Menda zarurat tug‘ilganda ijtimoiy ko‘mak olish imkoniyati bor
–
Agar menda muammolar tug‘ilsa, o‘zim ishonch bildirgan katta odam bilan gaplasha
olaman
–
Men yolg‘iz emasman
–
Men bolalarga qilingan zo‘ravonlik yoki yomon munosabatda bo‘lish holatlari haqida arz
qila olaman
–
Kerak bo‘lganda o‘z farzandlarimni himoya qila olaman
Barcha ta’kidlarni o‘qib bo‘lganingizdan keyin barchadan hozir qaerda turganliklariga
ahamiyat berishlarini so‘rang.
–
Kimdir keskin oldinga o‘tib ketdi, kimdir juda ortda qoldi. Endi hamma navbati bilan o‘z
rollarini o‘qib eshittirsin: Avvaliga juda oldinga surilganlar, keyin “Dum” da qolganlar.
Umumiy guruhda muhokama qilishdan oldin ishtirokchilarga o‘z rollaridan chiqib olish
uchun bir necha daqiqa vaqt bering.
3-qism
Butun guruh bilan muhokama uchun yig‘iling. Hamma o‘z o‘rinini egallashidan avval,
ishtirokchilardan ularning qahramonlari qilgan qadamlari sonini flip-chartda yozishlarini so‘rang.
Hamma o‘tirgandan keyin ulardan mashqni bajarayotganda o‘zlarini qanday his qilganliklarini
so‘rang. Keyin guruh bilan quyilagi savollarni muhokama qiling:
–
Turli rollarni o‘ynash qanchalik oson bo‘ldi? Qahramoningiz kim ekanligini o‘ylab
topishni qanday uddasidan chiqdingiz?
–
Oldinga qadam tashlanganda odamlar o‘zlarini qanday his qildilar? Yoki qadam
tashlamaganlaridachi? Oldinga deyarli qadam tashlamagan odamlarchi, ayniqsa, boshqalar
harakatlanayotganliklarini ko‘rsalar, o‘zlarini qanday his qildilar? Oldinga tezda surilayotganlar
qolganlar ularning ketidan yetib ololmayotganliklarini qanchalik tez angladilar? Nima uchun bir
nechta odam ortda qolib ketdi, ba’zilar esa ochiqchasiga oldinda? Bu mashq jamiyatni qaysidir
darajada aks ettiradimi? Qanday?
–
Bu nomutanosibliklarga qaysi omillar sabab bo‘ladi
–
Har bir rol uchun qaysi inson huquqlari asosiy bo‘lib hisoblanadi? Kimdir o‘z inson
huquqlari hurmat qilinmaganligi va ulardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi haqida ayta oladimi?
–
Bu o‘yinda gender rollarning ahamiyati qanday?
Tugallash
Ijtimoiy tengsizliklarni yumshatish uchun qanday birinchi qadamlarni qo‘yish
mumkinligini muhokama qiling. O‘yin vaqtida ortda qolgan odamlar bilan qanday ishlarni olib
borish mumkin? Ularning zaifligini qanday kamaytirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: